Kontent qismiga oʻtish

Avraam Tolmasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avraam Tolmasov
Tavalludi 1956-yil 14-oktabr
Janrlar
Kasbi
Faoliyat yillari 1980-hozirgacha
Leybllar
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
 Oʻzbekiston
 Isroil
 USA

Avraam (Abram, Avram, Avrom) Gavrielovich Tolmasov (Evt . Avraham Gavrielovich Tolmasov / Avraham Gavrieloviç Tolmasov ; 1956-yil 14-oktabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli qoʻshiqchi va musiqachi, sovet davridagi buxoro yahudiylari musiqa madaniyati asoschilaridan biri. Buxoro yahudiylari, tojik va oʻzbek mumtoz shashmaqom qoʻshiqlari mohir ijrochilaridan biri. Dramatik tenor ovoziga ega taniqli qoʻshiqchi. Avraam Tolmasovni buxoro yahudiylari zamonaviy va klassik estrada „qiroli“ deb eʼtirof etishgan.

Avraam Tolmasov Butunjahon buxoro yahudiylari kongressi, AQSh va Kanada buxoro yahudiylari kongressi, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari buxoro yahudiylari kongressining diplom va mukofotlari bilan taqdirlangan. U yahudiy-tojik, tojik, fors va oʻzbek tillarida qoʻshiqlar kuylagan.

Avraam Tolmasov 1956-yilda Samarqand shahrida buxoro (Oʻrta Osiyo) yahudiyari oilasida tugʻilgan. Musiqiy taʼlimni Samarqanddagi mashhur buxoro-yahudiylaridan olgan. U 1980-yillarning boshlarida mashhurlik choʻqqisiga erishgan. 1989- yilda buxoro yahudiylarini Isroilga ommaviy koʻchirishgan paytda u SSSRni tark etib, Isroilga koʻchib oʻtadi. 1990-yillarda uning ijodiyi yanada ommalashadi va mashhurlikning yuqori choʻqqisiga chiqqan, u nafaqat buxoro yahudiylari, balki tojiklar va oʻzbeklar orasida ham shuhrat qozongan mashhur sanatkordir.

Gastrol safarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda Avraam Tolmasov Amerika Qoʻshma Shtatlariga, Nyu-Yorkning Kvins provinsiyasiga koʻchib oʻtadi, qolaversa u yerda AQShdagi buxoro yahudiylarining asosiy qismi, 70 mingdan ortiq yahudiylar istiqomat qilishadi. 2000-yillarning boshi va oʻrtalari ham xonanda ijodining choʻqqilaridan biriga aylandi. Tolmasov Isroil, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Oʻzbekistonda gastrol safarlarida boʻlib konsertlar uyushtiradi. Xonanda nafaqat buxoro yahudiylari qolaversa, tojik va o‘zbekzabonlar orasida yuksak hurmatga sazovor sanʼatkor. Uning qoʻshiqlari yozilgan kasseta va disklar nafaqat AQSh va Isroilda, balki Oʻzbekiston va Tojikiston ham katta talabga ega.

U yahudiy-tojik tilidan tashqari ivrit, tojik, fors, oʻzbek, rus va ingliz tillarida soʻzlashadi.

Xonandaning ismini yozish va talaffuz etishda koʻpincha imlo xatolariga yoʻl qoʻyishadi. Bu holat asosan nashriy materiallarda va ogʻizaki nutqda, shevalarda koʻplab uchraydi. Buni bartaraf etish maqsadida u oʻzining YouTube rasmiy kanalida ismi Avraam ekanligini bildirgan. Qoʻshiqchi eng koʻp Avrom nomi bilan tanilgan, bu Avrohom ismining qisqartirilgan versiyasidir.[manba kerak]. Avram va Abram variantlari asosan Isroilda va eronliklar orasida keng tarqalgan.

  • „Энциклопедический справочник: Толмасов Аврохом (Авром) Гавриэлович“ (ru). Всемирный портал бухарских евреев Asia-Israel. 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  • Роберт Абрамович Пинхасов „Энциклопедический справочник известных бухарских евреев“, . , США. 
  • Ильяс Аронович Коёнов „Лица бухарских евреев“, . . Тель-Авив: «Моше», 2008 — 194-bet. 
  • Гани Мусаевич Ашуров „Музыка и песни бухарских евреев“, . , Нью-Йорк, 2001 — 84-bet.