Averroizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Averroizm – arab mutafakkiri Ibn Rushd (lot. Averroes) va uning ta-rafdorlarining falsafiy ta’limoti. A. vakillari o‘rta asr va ilk Uyg‘onish davrida Aristotel, Forobiy, Abu Ali ibn Sino falsafasining ilg‘or tomonlarini rivojlantirdi. A. musulmon aqidachiligi va katolitsizm falsafa-siga qarshi chiqib, arab xalifaligida va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida sxo-lastikaga qarshi kurash olib borishda qo‘l keldi. Dunyoning abadiyligi, uning hech kim tomonidan yaratilmaganligi haqidagi g‘oyalari, shuningdek bilimni e’tiqodga, falsafani ilohiyotga qarshi qo‘yganligi sababli A. ruhoniylarning g‘azabiga duchor bo‘ldi. Ibn Rushd Fo-robiy va Ibn Sino fikrlarini yanada taraqqiy ettirib, "Ikki tur haqiqat" ta’limotiga asos soldi. Bu ta’limotga ko‘ra, "falsafiy haqiqat" va "liniy haqiqat" mustaqil ravishda mavjud bo‘lib, ular turli sohalarda yetakchilik qiladi, xususan ilm-fanda "falsafiy haqiqat"ga rioya etish zarur. Bu ta’limot falsafani, ilmni mustaqil taraqqiy et-tirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ibn Rushd asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi tufayli A. G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga keng yoyildi. Xususan 13-asrda Parij untida A.ning ta’siri kuchli edi. 14–16-asrlarda A. Shimoliy Italiya, Fransiyada keng tarqaldi. A. katolik cherkovi tomonidan keskin qoralandi, uning tarafdorlari quvg‘in va ta’qib qilindi (yana qarang Ibn Rushd).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil