Atirau (viloyat)
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Atirau | |
Asos solingan sanasi | 1933-yil[1] | |
Akim | Izmuxambetov Baqtiqoʻja Salaxatdinovich | |
Aholi (2013) |
↗ 555,198[2] (3,1 % , (16-oʻrin) | |
Zichligi | 4,58 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar 88,96 % ruslar 8,63 % koreyslar 0,59 % | |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 118 631 km² (4,4 %, 12-oʻrin) | |
![]() | ||
Soat mintaqasi | UTC+5 | |
Telefon kodi | +7 712х xx-xx-xx | |
Pochta indeksi | 06 xxxx | |
Avtomobil raqami kodi | E, 06 | |
Rasmiy sayti | http://www.e-atyrau.kz/rus/ | |
Atirau viloyati – Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yili Gurev viloyati degan nom bilan tashkil topgan. 1992-yildan keyin hozirgi nomga ega boʻlgan. Maydoni 118,6 ming km2. Aholisi 555,1 ming kishi (2013). Shimoliy tarafidan Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati bilan, sharqida Aqtoʻbe viloyati bilan, janubiy-gʻarbidan Mangʻistov viloyati bilan va gʻarbidan Rossiyaning Astraxan viloyati bilan chegaradosh. Viloyat markazi – Atirau shahri.
Tarixi[tahrir]
Tabiati[tahrir]
Atirau viloyati Kaspiy bo‘yi pasttekisligida joylashgan. Barxan qumlari, suv oqmaydigan botiqlar bor. Yanvarning oʻrtacha harorati – 3,4° dan – 10,6° gacha, iyulniki 24°–26°. Yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Yozda toʻzonli boʻronlar va suxoveylar boʻladi. Asosiy daryolari: Ural, Emba, Uil, Sagʻiz. Sayoz, asosan shoʻr koʻllar bor. Yer yuzasining kattagina qismi shoʻrxok, shoʻrtob va qoʻngʻir choʻl-dasht tuproqlaridan iborat. Oʻsimliklari chala choʻl tipidagi (shoʻra, shuvoq, betaga, chalov va boshqalar) oʻsimliklar, daryo qayirlarida daraxt, butazor (toʻqayzor)lar mavjud.
Aholisi[tahrir]
Aholi soni v 1989-yil |
% | Aholi soni v 1999-yil |
% | Aholi soni v 2010-yil |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
barchasi | 424708 | 100,00 % | 440286 | 100,00 % | 513363 | 100,00 % |
Qozoqlar | 338998 | 79,82 % | 391672 | 88,96 % | 469719 | 91,50 % |
Ruslar | 63673 | 14,99 % | 38013 | 8,63 % | 32602 | 6,35 % |
Koreyslar | 3000 | 0,71 % | 2600 | 0,59 % | 2781 | 0,54 % |
Tatarlar | 4913 | 1,16 % | 2728 | 0,62 % | 2529 | 0,49 % |
Ukrainlar | 3749 | 0,88 % | 1442 | 0,33 % | 1231 | 0,24 % |
Olmonlar | 1401 | 0,33 % | 687 | 0,16 % | 544 | 0,11 % |
Oʻzbeklar | 63 | 0,01 % | 319 | 0,07 % | 416 | 0,08 % |
Bulgʻorlar | 864 | 0,20 % | 436 | 0,10 % | 389 | 0,08 % |
Ozarbayjonlar | 49 | 0,01 % | 9 | 0,00 % | 327 | 0,06 % |
Qoraqalpoqlar | 6 | 0,00 % | 5 | 0,00 % | 313 | 0,06 % |
Armanlar | 22 | 0,01 % | 5 | 0,00 % | 279 | 0,05 % |
Beloruslar | 1066 | 0,25 % | 347 | 0,08 % | 271 | 0,05 % |
va boshqalar | 6904 | 1,63 % | 2023 | 0,46 % | 1962 | 0,38 % |
Sanoati[tahrir]
Atirau viloyati sanoatida neft qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va baliq sanoati muhim oʻrin tutadi. Energetikasi mahalliy va qisman chetdan keltiriladigan neft mahsulotlari va Qaragʻandi koʻmirida ishlaydi. Neft Emba koni va Atirau atrofidan olinadi. Atirauda neftni qayta ishlash zavodi, shahar yaqinida baliq konserva kombinati ishlab turibdi. Mashinasozlik va metallsozlik (Atirauda mashinasozlik zavodi), kimyo, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Hududiy boʻlinishi[tahrir]
Atirau viloyati 7 tumanga boʻlingan:
Tumanlar | Hududi (ming km²) |
Aholisi (ming kishi) |
Markazi | |
---|---|---|---|---|
Jalioʻy | 29,4 | 67,9 | Qulsari | |
Inder | 10,9 | 30,3 | Inderbor | |
Isatay | 14,7 | 23,9 | Aqqistau | |
Qurmangʻazi | 20,9 | 58,5 | Ganyushkin | |
Qizilqoʻgʻa | 24,9 | 32,2 | Miyali | |
Maqat | 4,9 | 27,2 | Maqat | |
Maxambet | 9,6 | 29,0 | Maxambet |
Viloyatda hammasi boʻlib 2-shahar, 15-shahar tipidagi qishloq va 56 qishloq okrugi mavjud.
Qishloq xoʻjaligi[tahrir]
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – yaylov chorvachiligi. Asosan dagʻal junli qoʻylar boqiladi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning ancha qismi pichanzor va yaylov. Bahorikor va sugʻorma dehqonchilik qilinadi. Qishloq xoʻjaligida yem-xashak ekinlari (bir yillik oʻtlar, silos uchun makkajoʻxori) ham ekiladi. Gʻalla ekinlaridan asosan arpa, tariq yetishtiriladi, Volga va Ural daryolari-744ning quyi oqimida sholi ekiladi. Sabzavot va kartoshka hamda poliz ekinlari ham salmoqli o‘rin tutadi. Kaspiy dengizida baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligining umumiy mahsulot miqdori – 19528,1 million tengeni, aniq miqdor indeksi 99,7 % tashkil qildi. Goʻsht mahsuloti – 47,0 ming tonnani 102,1 %, sut mahsuloti – 54,2 ming tonnani (100,5 %), tuxum – 1,84 milliontani (100,2 %) tashkil qildi. 2010-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik qora mol – 182,3 mingtani 102,8 %, qoʻy va echki – 619 mingtani (103,1 %), tuya – 31,7 mingtani (102,5 %), yilqi – 46 mingtani (103,9 %) tashkil qildi.
Transporti[tahrir]
Temir yoʻl orqali boshqa viloyatlar bilan bog‘langan. Ural daryosi (Uralskkacha) va Kaspiy dengizida (Atiraudan Astraxongacha va Fort-Shevchenkogacha) kema qatnaydi. Yuklarning bir qismi avtomobil transportida tashiladi. Avialiniyalar Atirauni Atirau viloyatining boshqa joylari bilan bogʻlaydi.
Manbalar[tahrir]
- ↑ География Атырауской области
- ↑ Численность населения Республики Казахстан по областям с началa 2013 года до 1 марта, archived from the original on 2013-07-31, https://web.archive.org/web/20130731181449/http://www.stat.kz/digital/naselsenie/2012/2013/%D0%B0%D0%BF%D1%80%D0%B5%D0%BB%D1%8C/02_2013_%D0%AD-14-05-%D0%9C.xls, qaraldi: 2013-10-29
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv Arxivlandi 2013-11-13Wayback Machine saytida.: Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) Arxivlandi 2011-08-16Wayback Machine saytida.
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1 yanvarya 2010 goda, archived from the original on 2012-06-27, https://www.webcitation.org/68j77qjAC?url=http://www.stat.kz/publishing/DocLib4/2010/%D0%94%D0%B5%D0%BC%D0%BE%D0%B3%D1%80%D0%B0%D1%84%D0%B8%D1%8F/Bull_Hsany2010.rar, qaraldi: 2012-03-04
Havolalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Atirau (viloyat) haqida turkum mavjud |
- Официальный сайт акимата области
- Карта области в pdf Arxivlandi 2007-06-17Wayback Machine saytida.
- Карта области на Рубрикон
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|