Maqat (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Maqat tumani
Мақат ауданы
tuman
Tarkibida Atirau viloyati
Maʼmuriy markazi Maqat
Asos solingan sanasi 1938-yil
Akim Barakatov Amangeldi Kenesovich
Aholi (2010) 29 881[1] (6-oʻrin)
Zichligi 5,3 kishi./km²
Maydoni 4 900 km²
Maqat tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71236
Pochta indeksi 060600-060605[2]
Avtomobil raqami kodi E, 06

Maqat tumani — Atirau viloyatining markaziy qismida joylashgan tuman. 1938-yili tashkil topgan. Hududi 4,9 ming km². Aholisi 29 881 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Maqat qishlogʻi.

Geografiyasi[tahrir]

Tumanning yer relefi tekislikdan tashkil topgan. Maydoni 4,9 ming km². Tumanda yiruk neft va gaz konlari bor. Undan boʻlak kaliy tuzi va gips konlarini ham uchratish mumkin.

Iqlimi[tahrir]

Maqat tumanining iqlimi keskin kontinental va quruq; qishi ancha sovuq (noyabr — mart oylarida). Yanvar oyining oʻrtacha harorati −10 °C (ayrim vaqtlarda −35 — 40 °C-gacha pasayadi), iyulniki 25 °C (ayrim vaqtlarda 40 °C-dan yuqori). Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 150 – 175 mm. Shamolning yillik oʻrtacha tezligi 4,5 – 5 m/s, kuchli boʻronlar (10 – 15 m/s-gacha) boʻladi.

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi 2010-yili 29 881 kishini tashkil qildi. Aholisi 1 km²-ga oʻrtacha zichligi 6 kishidan toʻgʻri keladi. Aholisining asosiy qismini qozoqlar (96,5 %) tashkil qiladi, undan boʻlak tumanda ruslar, ukrainlar, v.b. istiqomat qilishadi. Maqat tumanining qishloqlari: Dossor, Maqat, Bayshoʻnas, Eskene, Komsomol, Qoʻchqor.

Iqtisodi[tahrir]

Maqat tumanida, asosan, neft va gaz sanoati rivojlangan. Neft sanoatini bunda ilk bor 1911-yili rus-ingliz korxonasi tashkillashtirdi. 1917-yilgacha uning tarkibida faqatgina Dossor (1911) va Maqat (1915) neft korxonalari faoliyat yuritdi. 1920-yili ular Embineft tresiga biriktirildi. Keyinchalik uning tarkibiga yangidan tashkillashgan Bayshoʻnas, Sagʻiz, Komsomol, Qoshqar, v.b. neft korxonalari qoʻshildi. 1939 — 40-yili Atirau — Or temir yoʻli bilan neft quvuri barpo etildi.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Tumanda umumiy bilim beruvchi 12 ta maktab, madaniyat uyi, 4 ta klub, tuman kasalxonasi va shifoxona, Dossor qishloq kasalxonasi, 6 ta feldsher-akusherlik punkt, 2 ta oilaviy ambulatoriya bor. 1937-yildan boshlab Munayshi (Neftchi) nomli tuman gazetasi chiqariladi. Tuman hududi orqali Maqat — Beynev — Qoʻngʻirot, Maqat — Inderbor temir yoʻli va Atirau — Maqat — Qandiagʻash — Aqtoʻbe, Dossor — Qulsari, Dossor — Bayshoʻnas, Maqat — Sagʻiz avtomobil yoʻllari oʻtadi.[3]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]