Inder (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inder tumani
Индер ауданы
tuman
Tarkibida Atirau viloyati
Maʼmuriy markazi Inderbor
Asos solingan sanasi 1933-yil
Akim Raxmetqaliyev Jangeldi
Aholi (2010) 30 950[1] (3-oʻrin)
Zichligi 2,8 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 10 900 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71234
Pochta indeksi 060200-060206[2]
Avtomobil raqami kodi E, 06
Xaritada
Inder tumani xaritada
Koordinatalari: 48°18′36″N 51°26′24″E / 48.31000°N 51.44000°E / 48.31000; 51.44000 G O

Inder tumaniAtirau viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Tuman 1933-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Inderbor qishlogʻi.

Umumiy maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududi 10,9 ming km2. Aholisi 30,7 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 2,8 kishidan toʻgʻri keladi (2007). Tuman markazi Inderbor qishlogʻi. Yirik qishloqlari: Inderbor, Kulagino, Oʻrlik, Yeltay, Zeleniy, Jarsuat va Bedana qishloqlarii. Tuman markazi Inder qishlogʻi, viloyat markazi sanalmish Atirau shahri bilan oraliq masofasi — 200 km.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inder tumanining iqlimi keskin kontinental: qishi iliq, yozi jazirama. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati 12,3 °C, iyulniki 25,3 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 mm.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanoati barchasi „Inderborat“ va „Indertuz“ aksionerlik jamoatiga qarashli. Bundagi sanoat markazi Inderbor qishlogʻi.[3]

Avtomabil yoʻllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman yeri boʻyicha Yoyiq daryosining ikki yoqasini boʻylab, eng yirik qishloqlarni kesib, respublika ahamiyatiga ega Atirau Oʻral avtomobil magistrali oʻtadi. Yoyiq daryosida daryo suv yoʻli mavjud. Tuman hududidan Oʻrta Osiyo Markaziy gaz quvuridan tortilgan tarmoqlar orqali gaz tashiladi. Bularning asosida tumanda avtomabil kolonnasi, „Indergaz“ mahkamasi faoliyat yuritadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]