Amiens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Amiens
Amyen
Gerb
Gerb
Mamlakat Fransiya
Mavqeʼ kommuna
Mintaqa Pikardiya
Departament Somme
Arrondissement Amiens
Koordinatalari 49°54′0″N 2°18′0″E / 49.90000°N 2.30000°E / 49.90000; 2.30000Koordinatalari: 49°54′0″N 2°18′0″E / 49.90000°N 2.30000°E / 49.90000; 2.30000
Maydoni 49,5 km²
Dengiz sathidan balandligi 14 - 106 m
Aholisi 135.501 nafar (1999-yil)
Zichlik 2737,4 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Pochta indeksi 80090
INSEE kodi 80021
Amiens (Fransiya)
AmiensAmyen
Amiens (Pikardiya)
AmiensAmyen

Amiens (talaffuzi: Amyen) Fransiyaning Pikardiya mintaqasida joylashgan shahardir. Somme departamenti Amiens tumani tarkibiga kiradi. Somma daryosi boʻyida joylashgan. Somma departamentining maʼmuriy markazi va Pikardiya tarixiy oʻlkasining eng katta shahri. Temir yoʻl tuguni. Toʻqimachilik sanoati (ip-gazlama, duxoba va trikotaj toʻqish), metallurgiya, mashinasozlik va kimyo zavodlari bor. Qadimda Amiensda gallarning ambian qabilasi (shahar nomi shundan) yashagan. Amiens tarixiy voqealarga boy. Shahar 2-jahon urushi davrida qattiq shikastlangan. Uni qayta tiklashda tarixiy qiyofasi asrab qolingan. Fransiyada eng katta Notr-Dam gotika sobori (13—15-asrlar) hamda 13—18-asrlarga oid boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. [1]

Aholisi[tahrir]

135.501 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 2737,4 nafar kishi.

Aholi oʻsish dinamikasi

Geografiyasi[tahrir]

Maydoni – 49,5 km2. Dengiz sathidan 14 - 106 m balandlikda joylashgan.

Kommuna detalli xaritasi

Tasvirlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil