Kontent qismiga oʻtish

Adrian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adrian
Tavalludi 24-yanvar 76
Vafoti 10-iyul 138
Fuqaroligi Qadimgi Rim
Otasi Publius Aelius Hadrianus Afer va Trayan
Onasi Domitia Paulina[1]

Adrian (lotincha: Publius Aelius Traianus Hadrianus; 76-138) — Rim imperatori (117 yildan), antoninlar sulolasidan. Chavandozlarga tayanib ish yurgizgan. Adrian davrida imperator hokimiyati va davlat muassasalarining markazlashuvi kuchay-gan. Imperiya chegaralarida Adrian mustahkam istehkom va mudofaa devorlari barpo et-gan. Xususan, Angliyaning katta qismini bosib olgach, imperiyaning chegaralarini mustahkamlash, mudofaa quvvatini oshirish, tinchlikni saqlash maqsadida Britaniyaning shimolida devor qurdirgan. Uzunligi 100 km cha devor boʻylab mustahkam istehkomlar va burjlar qurdirgan. Orqa tomoniga harbiy yoʻl soldirgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. (unspecified title)