Kontent qismiga oʻtish

Vifiniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

VifiniyaKichik Osiyoning shim.-gʻarbidagi tarixiy viloyat (hozirgi Turkiya-da). Mil. av. taxminan 700 yilda bu hududga frakiy qabilalardan boʻlgan vifinlar kelib joylashgan. Mil. av. VII—VI asrlarda Lidiya, mil. av. VI—IV asrlarda axomaniylar hukmronligi ostida boʻlgan. Mil. av. 297—74 yillarda mustaqil Nikomediya podsholigi (asoschisi Nikomed I nomidan). Mil. av. 74 yildan Rim, Vizantiya tarkibida. Mil. XIV asrda turklar tomonidan zabt etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil