Aroid oʻsimliklar
Aroid o'simliklar | |
---|---|
Arum concinnatum guli | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | o'simliklar oilasi |
Tip: | gul |
Sinf: | bir pallali o'simliklar |
Turkum: | kuchaladoshlar |
Oila: | aroidli o'simlik |
Sinonimlari | |
| |
Aroid o'simliklarning tarqalish hududi |
Aroid[1] oʻsimliklar, Kuchaladoshlar (lot.Araceae) — bir pallali oʻsimliklar katta turkumi oilasiga mansub boʻlib, 117 tip, 3000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi[2].
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aroid oʻsimliklar har ikki yarim sharning tropik va subtropik hududlarida keng tarqalgan. Koʻp aroid oʻsimliklar moʻtadil hududlarda, baʼzilari esa subarktik hududlarda ham uchraydi, ammo ularning tropik hududlardan tashqaridagi turlari xilma-xilligi kichik (turlarning 10 % dan kam) qismni egallaydi.
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu oila turkumi — yer, botqoq va suv oʻsimliklari boʻlib, ildizi tugunakli yoki oʻq ildizli yoki popuk ildizli boʻlishi mumkin. Tropik hududlarda oʻsimlik juda katta oʻlchamda oʻsadi. Ularning koʻpchiligi liana(chirmoviq) va epifit oʻsimliklardir.
Poyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aroidlar shoxlashi asosan simpodial, kamdan-kam hollarda monopodialdir. Yer usti shoxlanishi mavjud emas, buning natijasida ildizi orqali koʻpaymaydi. Koʻpgina chirmashib oʻsadiganlarning poyasi shunchalik uzun boʻladiki, hatto vertikal holatini saqlay olmaydi. Bu oʻsimliklar asosan daraxtlarga chirmashib, oʻzining havo-ildizlari yordamida daraxt tanasiga yopishib oʻsadi. Bu ildizlar geotropizmni namoyon qilmaydi, salbiy geliotropik xususiyati bilan juda taʼsirchan. Ular daraxtga buralishdan chetlashadi, ildizning yopishqoq tomoni gorizontal ravishda oʻsib, baʼzan sezilarli uzunlikka etib boradi va maxsus tuklar yordamida daraxt qobigʻiga yopishadi.
Havo-ildizlari yordamida oʻsimlik havodan ozuqa oladi. Ildizning ustki qismi asosan velamen qobigʻi bilan oʻralgan. Bu qobiqda havodan namlikni so'rish uchun mayda kapillyar hujayralardan tashkil topgan bo'lib, asosan havodan ozuqani shu kapillyarlar yordamida so'rib oladi va velamenning ichki o'zagida ildiz joylashgan bo'lib, ozuqa shu orqali yetib boradi.
Bargi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aroid barglari muntazam bo'lib, koʻp hollarda poya va ildiz o'rtasida joylashgan, bargbandli yoki bargbandsiz, turli o'lcham va tuzilishga ega. Barg shakllari turli tuman (yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, toʻgʻri chiziqli, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqalar) bo'lib, asosan to'rsimon naychalar va keng barg plastinkalar ustunlik qiladi. Yaproq plastinkasining shakli va o'lchami koʻpincha o'simlik hayotida hayratlanarli darajada o'zgaradi. Masalan, Monstera tenuis bargi o'simlik o'sgani sari eski barglarga nisbatan yangi barglar katta va qismlarga ajralgan holda bo'ladi.
Ayrim hollarda barg bandi o'ziga suv yig'adi va o'zining epifit xolatini namoyon qiladi. Masalan, Philodendron martianum barg bandida havodan namlikni so'rib oladi, barg bandi xo'ddi ko'zachaga o'xshaydi. keyinchalik o'simlik shundan oziqlanadi.
Bargidagi chiqish to'qimalarida juda koʻp va turli kimyoviy elementlar saqlaydi. Bu elementlar zaxarli bo'lib, asosan o'simlikni hayvonlardan himoya qiladi.
Guli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barcha aroid o'simliklarning gullashi bir xil tipda bo'ladi, odatda juda qattiq bo'lgan "quloqcha"lar, bir qator spiral shakldagi, har doim ham aniq ajratilishi mumkin bo'lmagan kichik va noaniq gullari mavjud.
Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli. Ikki jinsli gulda 4-6 boshli yarim ochiq gulband, bir jinslida oddiy ochiq gulbandsiz.
Changchi bandisi 4-6 ta, erkin yoki spesifik holda o'sadigan sinandriya ko'rinishida. Changchisi tuxumsimon yoki cho'zinchoq oval, ochiq, uznasiga yoki eniga yorilgan holatda.
O'simlikning mevasi - bir yoki koʻp urug'li, yorqin rangli meva.
Gullashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aroidlar gullashi xilma-xilligi bilan ajralib turadi va ayrim hollarda gulbandi bitta gulkosachaga o'xshagan qoplama yaproq hosil qilgani uchun bitta gul sifatida aytiladi. Bu qopalma yaproq turli yorqin ranglar bilan mujassamlangan. Gulning yuqori qismida maxsus suyuqlik ajraladi, bu gulni hashorotlar yordamida changlanishiga olib keladi.
Changlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barcha o'simliklarga o'xshab asosan hashorotlar: chivinlar, asalarilar, qo'ng'izlar yordamida changlanadi. Ayrim manbalarda shilliqurtlar yordamida ham changlanadi[3].
Guldan ajraladigan suyuqlik nektarga o'xshab shirin ta'mli yoki hidli bo'lmasdan balki, qo'lansa hidni eslatadigan holda bo'ladi. Masalan, dunyodagi eng katta gul - Amorfofallus Gigant (Amorphophallus titanum) o'lik murda hidini beradi.
Sinflanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi kunda aroidlar sinfi 8 ta ostsinfni o'z ichiga oladi:
- Kuchalalar
- Gymnostachydoideae
- Kalla
- Lasioideae
- Monsteroideae
- Orontioideae
- Pothoideae
- Lemnoideae
Turlar xilma-xilligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aoridlarning turlari hozirda 100dan ortiq. Avstriya botanigi Genrix Vilgelm Shott tomonidan bu o'simlikning turlari keng o'rganilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tsvelyov N. N. O russkix nazvaniyax semeystv pokritosemennix rasteniy // Novosti sistematiki visshix rasteniy : sbornik. — M.—SPb.: Tovariщestvo nauchnix izdaniy KMK, 2011. — T. 42. — S. 24—29. — ISBN 978-5-87317-759-2. — ISSN 0568-5443.
- ↑ Christenhusz, M. J. M. & Byng, J. W. (2016). "The number of known plants species in the world and its annual increase". Phytotaxa. Magnolia Press. 261 (3): 201–217. doi:10.11646/phytotaxa.261.3.1.
- ↑ Жизнь растений. Том 5. Часть 1. Цветковые растения / Под. ред. Тахтаджяна А. Л.. — М.: Просвещение, 1980. — 430 с.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Ароидеи // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907
- Грудзинская И. А. Семейство аронниковые (Araceae) // Жизнь растений. В 6-ти т. Т. 6. Цветковые растения / Под ред. А. Л. Тахтаджяна. — М.: Просвещение, 1982. — С. 466—493.
- Чуб В. Загадки ароидных // Цветоводство. — 2008. — № 3. — С. 58—61.
- Nelson, L. et al. (2007) Handbook of Poisonous and Injurious Plants. New York Botanical Garden.
- Mayer-Chissick, Uri; Lev, Efraim (2016). "Wild Edible Plants in Israel Tradition Versus Cultivation". In Yaniv, Zohara; Dudai, Nati (eds.). Medicinal and Aromatic Plants of the Middle-East. New York: Dordrecht: Springer. pp. 18–20. ISBN 9789402406603. OCLC 1062304427.
- Ḳrispil, Nissim (1985). A Bag of Plants (The Useful Plants of Israel) (in Hebrew). Vol. 3 (Ṭ.-M.). Jerusalem: Cana Publishing House Ltd. ISBN 965-264-011-5. OCLC 959573975