Geotropizm
Jump to navigation
Jump to search
Geotropizm (geo... va yun. tropos — burilish, yoʻnalish, qayrilish) — oʻsimlik organlarining yer tortish kuchi yoʻnalishiga qarab Yer markaziga nisbatan muayyan holat olishi. G. musbat, yaʼni toʻgʻri (mas, ildizning pastga qarab oʻsishi) va manfiy, yaʼni teskari (mas, poyaning yuqoriga qarab oʻsishi) boʻladi. G. tufayli oʻsimliklarning ildizi tuproqqa kirib boradi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |