Kalla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kalla (Zantadeschia aethiopica), oddiy karnaygul — kuchaladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik manzarali oʻsimlik. Janubiy Afrikadan keltirilgan. Botqoq oʻsimligi, namsevar, nordon muhitli, chirindili tuproqlarda yaxshi usadi. Tupining bal. 80—120 sm. Barglari katta, yaltiroq, keng yoysimon. Guli karnaysimon, oq, pushti (olov rang). Okt.—dek.da gullaydi. Urugʻi, bachki ildizlari yoki tuganagi (kuchalasi) ni boʻlish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. May—iyul oylarida har bir katta yoshdagi oʻsimlikdan 3—10 tagacha bachki ildiz olish mumkin. Oynavonli salqin issiqxonalarga, sent. oyida asosiy joyiga ekiladi. Bir tup oʻsimlikdan yiliga 3—6 gul olinadi (1 m² maydonga 12 oʻsimlik ekiladi). K. ning barglari ham manzarali. Kesilgan gullar suvda 12—14 kun saklanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil