Armon (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Armon

„Armon“ filmidan skrinshot. Yodgor Saʼdiyev (oʻngda) Boʻri rolida
Rejissyor(lar) Melis Abzalov
Ssenariynavis(lar) Rihsivoy Muhammadjonov
Vladimir Sokolov
Rollarda Oybarchin Bakirova
Dilorom Egamberdiyeva
Baxtiyor Zokirov
Obid Yunusov
Yodgor Saʼdiyev
Ra’no Zokirova
Diyas Rahmatov
Bastakor(lar) Rumil Vildanov
Distribyutor Oʻzbekfilm
Davomiyligi 87 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Til oʻzbekcha

Armon“ (ruscha: Уходя, остаются) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1986-yil yaratgan drama film.[1][2][3] Filmda Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek ayollari, qariyalari va yoshlari qilgan mashaqqatli mehnat tasvirlangan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yillarda Boʻri yosh bolaligida otasidan ayriladi. (Otasining ham ismi Boʻri boʻladi. Otasi rolini Yodgor Saʼdiyev oʻynagan.) Ulgʻaygach u shaharga borib oʻqiydi va elektr ishchisi boʻlib yetishadi. Soʻngra tugʻilgan qishlogʻiga qaytadi. Qishloqdagi barcha qizlarga manzur boʻlishiga qaramay, Boʻri allaqachon boshqa yigitga unashtirilgan Xumorni sevib qoladi. Fashistlar Olmoniyasi bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasida urush boshlangach Boʻri hamqishloqlari bilan urushga otlanadi. U urushdan qaytib kelmaydi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ukhodya, ostayutsya“ (ruscha). Kinopoisk. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
  2. „Ukhodya, ostayutsya“ (ruscha). Afisha. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
  3. „Ukhodya, ostayutsya“ (ruscha). KM. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]