Oybarchin Bakirova
Oybarchin Bakirova | |
---|---|
Tavalludi |
27-iyun 1950-yil |
Vafoti |
20-mart 2020-yil (69 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() |
Oybarchin Abbosovna Bakirova (1950.27.6, Andijon — 2020.20.3, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Abbos Bakirov va Qamara Burnashevalarning qizi. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1971). 1971—1972-yillar Kattaqoʻrgʻon drama teatrida ishlagan. 1973-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining aktrisasi. Kinodagi eng yaxshi rollari: Surayyo („Orzular ogʻushida…“), vrach Valiyeva („Kasalxona“), Sarviniso („Vodillik kelin“), Xolida („Marhumga hurmat“), Gulsara („Ertangi kunga intilish“), Sharofat („Amirning xufiyona sayohati“), Zaynab xola („Alif Laylo“), Boyxotin („Armon“) va boshqa Shuningdek, telefilmlar („Gulobod va Feruz“, „Yoʻl boʻlsin“, „Nozigim“, hamda videofilmlar („Ayol zoti“, „Fazliy“)da ham rollar ijro etgan. B. oʻz qahramonlarining milliy harakteri, taqdirini, ularning maʼnaviy goʻzalliklarini, ruhiy ulugʻvorligini, qaygʻu-alamlari, sevgi va vafosini, nozik his-tuygʻularini tomoshabinga yetkazishda oʻziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadi. 2020-yilda vafot etgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.[1][2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Ўзбекистон халқ артисти Ойбарчин Бакирова вафот этди“.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |