Araxosiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Araxosiya — Afgʻonistondagi qadimgi viloyat. Tarkibiga Argʻindob, Argaston daryolari havzasi va Gʻazni atrofi kir-gan. Markazi hozirgi Qandahor shahri atrofida boʻlgan. A. oʻz davrida axomaniylar, Is-kandar Maqduniy (qarang Aleksandr), salav-kiylar, mauriyalar, Baqtriya, Parfiya, Kushon podsholari qoʻl ostida boʻlgan. Ayrim yunon, sak va Parfiya podsholari A.da mustaqil mulk barpo etib, A.ning asosiy shaharlari — Aleksandriya Araxosiya va Aleksandropolda tanga pullar zarb etishgan. 1958-yil A. hududida, Qandahor yaqinida Ashokannng yunon-oromiy yozuvi topilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil