Aqchakoʻl turistik zonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aqchakoʻl turistik zonasi
Aqchakoʻl“ turistik-rekreatsion hududi
Umumiy maʼlumot
Turi Turistik hudud
Shahar Ellikqalʼa tumani
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 41°53′31″N 60°50′49″E / 41.8918154020733°N 60.84696151967012°E / 41.8918154020733; 60.84696151967012 G OKoordinatalari: 41°53′31″N 60°50′49″E / 41.8918154020733°N 60.84696151967012°E / 41.8918154020733; 60.84696151967012 G O
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Aqchakoʻl turistik zonasi xaritada

Aqchakoʻl turistik zonasi (yoki „Aqchakoʻl“ turistik-rekreatsion hududi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida joylashgan sohil boʻyi turistik zonasi. Aqchakoʻlda maxsus rekreatsion plyaj zonalarini tashkil etish rejasi 2019-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonga amalga oshirgan tashrifi davomida berilgan topshiriqqa koʻra ishlab chiqilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aqchakoʻlning umumiy maydoni 1150 ga teng boʻlib, eng chuqur joylari 12 metrgacha yetishi aniqlangan. 2022-yili Aqchakoʻl turistik zonasining infrastrukturasini rivojlantirish maqsadida 10 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan. Bu mablagʻ hisobiga sayyohlarga qulaylik yaratilishi uchun kerak boʻladigan maxsus yoʻlaklar, elektr tizimlari, mehmonxonalar, ovqatlanish joylari va katerlar tashkil etilgan. Shuningdek, kattaligi 6000 gektar boʻlgan koʻl hududi 3000 tonnaga yaqin turli chiqindilardan tozalangan[1].

Aqchakoʻl turistik zonasiga 2022-yili 50 000 ga yaqin sayyoh tashrif buyurgan. Shu sababli 50 000 oʻringa moʻljallangan ippodrom qurilishi reja qilingan. 2023-yil holatiga koʻra, sayyohlar uchun 40 kishilik oʻtovlar, 80 oʻrinli hostellar tashkil etilgan boʻlib, 5 yulduzli mehmonxona, 10 ta villa barpo etilishi koʻzda tutilgan. Koʻl yonida maxsus oʻtovlar ham qurilgan[2].

Aqchakoʻl turistik zonasiga mavsumning istalgan vaqtida borib dam olish imkoni mavjud. Qishda baliq ovlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, koʻlning yarmi 30—40 santimetrgacha muzlashi aytiladi[3].

„Pulli koʻl“ iborasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aqchakoʻlda choʻmilgan odam boy boʻladi, degan qarash mavjud boʻlib, buning ildizi Chingizxonga borib taqalishi mahalliy aholi tomonidan rivoyat qilib kelinadi. Rivoyatlarga koʻra, Chingizxon bu yerga oʻz oltinlarini choʻktirib yuborganligi sababli bu ibora urf boʻlgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]