Kontent qismiga oʻtish

Villa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Villa (lot. villa — qoʻrgʻoncha, yermulk) — shahar tashqarisidagi katta bogʻli hovli-joy. Dastlab Italiya (mil. av. 3-a)da barpo etilgan. V.ning villa rustica — turar joy va xoʻjalik qurilishlaridan iborat boʻlgan meʼmoriy majmua, villa urbana — dam olish va koʻngil ochar maskan, shuningdek atrofi bog bilan oʻralgan koʻshk, haykal va favvorali yirik turlari keng tarqalgan. XIX asrda V.lar katta shahar va shahar atrofida, shuningdek xushmanzara joylar, mahalliy dam olish maskanlarida imtiyozli ravishda qurilgan bogʻli, shinam xususiy uylardan iborat boʻlgan. XX asrdan — alohida qurilgan kam (1, 2, 3) qavatli shinam uy binosi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil