Kater

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kater (ing . carter) — suv sigʻimi kichik (10 dan 400 t gacha), yurish tezligi 70 uzel (130 km/soat) gacha boʻlgan yordamchi yoki jangovar kema. K. korpusidagi suv osti qismining tuzilishi boʻyicha killi, chiqiqli yoki chiqigʻi boʻlmagan yassi tubli K. lar; harakatlanish tarzi boʻyicha suv sigʻimli, glissirlanuvchi (suv betida sirganuvchi), suv osti qanotli va havo yostikli; dvigatelining turiga koʻra, motorli, gaz-turbinali, yelkan-eshkakli K.lar bor. K. harbiy-dengiz flotida jangovar va yordamchi kemalar sifatida qoʻllaniladi. Zamonaviy jangovar K.ning raketa va zambarak oʻrnatilgan, torpedali, qoʻriqchi, minaga qarshi, desant va b. turlari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil