Anvar Abduqodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Abduqodirov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvar Abduqodirov
Tavallud sanasi 21-noyabr 1983-yil (1983-11-21) (40 yosh)
Tavallud joyi Jalaquduq tumani, Andijon Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Yarim himoyachi, / Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2003 Andijon 21+ (3+)
2004—2006 Neftchi 43 (6)
2007 Mashʼal 17 (0)
2008 Qizilqum 14 (2)
2009 Shoʻrtan 9 (0)
2010—2011 Xorazm 10 (0)
2012—2013 Guliston ? (?)
2013—2014 Kosonsoy ? (?)
2014—2015 NBU-Osiyo ? (?)
2015—2016 Norin ? (?)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Anvar Abduqodirov (ruscha: Абдукадыров Анвар; 1983-yil 21-noyabr, Andijon) — Oʻzbekiston nafaqadagi futbolchi, Faoliyatining asosiy qismini „Andijon“ va „Neftchi“ jamoalari tarkibida oʻtkazgan. Futbol murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Andijon futbol makatabi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini 1999-yilda Andijon jamoasida boshlagan[1]. Andijon jamoasi 5 mavsum davomida oʻynagan. 2004-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Neftchi jamoasi tarkibida raqobat sababli asosiy jamoadan oʻrin ololmagan[2]. „Neftchi“ klubi tarkibida Oʻzbekiston Oliy ligasi oʻyinlarida 43 ta oʻyinda 6 ta gol muallifi boʻlgan[3].

2007-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Muborak jamoasida bir mavsum oʻynaganidan soʻng klubni tark etdi va keyingi faoliyatidagi jamoalarda ham bir mavsumdan ortiq faoliyati olib bormagan. 2008-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“, 2009-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“, 2010-yilda „Xorazm“ jamoalarida oʻynagan.

2010-yildan soʻng quyi liga jamoalari, NBU Osiyo[4], Kosonsoy[5], Shahrixon, Guliston,[6] Oʻz Tong Ho[7] klublarida faoliyat olib borgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda „Andijon“ klubida yordamchi murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan[1][8].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]