Anton Zemlyanukin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anton Zemlyanukin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anton Aleksandrovich Zemlyanukin
Tavallud sanasi 11-dekabr 1988-yil (1988-12-11) (35 yosh)
Tavallud joyi Kant, Kyrgyz SSR,
Soviet Union
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Alga Bishkek
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Muras-Sport Bishkek 11 (5)
2007 Abdish-Ata Kant 13 (6)
2007—2012 Giresunspor 32 (6)
2009Abdish-Ata Kant (Ijara) 23 (5)
2010Taraz (Ijara) 28 (7)
2011Abdish-Ata Kant (Ijara) 28 (7)
2012Aktobe (Ijara) 10 (5)
2013 Aktobe 7 (1)
2013 Qayrat 5 (1)
2014 Kaisar 21 (4)
Milliy terma jamoa
2007—2019 Qirgʻiziston 30 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-mart 2021-yil uchun)

Anton Aleksandrovich Zemlyanuxin (talaffuzi: Anton Aleksandrovich Zemlyanuhin) (1988-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — qirgʻizistonlik xalqaro futbolchi, Bishkekning “Algʻa” klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U hujumchi, chap qanot himoyachisi, chap yarim himoyachi yoki chap qanot himoyachisi ampulalarida bemalol oʻynay oladigan futbolchi.

Zemlyanuhin 2007-yilning avgustida 18 yoshida TFF Birinchi liga klubi Giresunspor bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[1]. Turk klubi uni darhol Abdish-Ata Kant va FC Tarazga ijaraga bergan.

2010/2014-yillarda Anton Qozogʻiston Premyer-ligasida „Taraz“, "Aktobe „, “Qayrat " va „Kaisar“ klublarida oʻynagan[2].

2015-yilning 13-fevralida u Serbiyaning FK Radnički Niš klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Uning Serbiya chempionatidagi muntazam oʻyinlari va terma jamoaga qaytishdagi gollari unga Qirgʻizistonning 2015-yildagi eng yaxshi futbolchisi unvonini olishga sabab boʻlgan[3].

2016-yilning 5-noyabrida u shartnomani uzaytirish boʻyicha taklif boʻlmagani uchun Sisaket jamoasini tark etgan va Sukhothai jamoasiga borib qoʻshilgan[4].

2017-yil 21-iyunda Zemlyanuhin Rossiya Premyer-ligasiga koʻchib oʻtgan va yangi koʻtarilgan FK SKA-Xabarovsk klubi bilan shartnoma imzolagan[5]. Shartnoma imzolash vaqtida futbolchi olgan jarohatidan hali tuzalmagani uchun klubda rasmiy oʻyin oʻtkazmasdan biroz vaqt oʻtib bekor qilingan[6].

2018-yilning 21-fevralida “Atirau” klubi Zemlyanuhin bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgan[7].

2018-yilning 5-dekabr kuni “Dordoy Bishkek” klubi Zemlyanuhin bilan Pavel Matyash va Azamat Baymatov klub bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgan[8]. 2021-yilning 16-yanvarida “Dordoy Bishkek” Zemlyanuhinning shartnoma muddati tugaganidan keyin jamoani tark etishini tasdiqlagan[9].

2021-yil mart oyida Zemlyanuhin Bishkekning „Algʻa“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil holatiga koʻra, Zemlyanuhin Qirgʻiziston terma jamoasi safida 30 ta oʻyinda maydonga tushgan[10], jumladan, 2009-yilgi Neru Kubogida ishtirok etgan[11].

U 2007-yilda terma jamoa tarkibida debyut qilgan va oʻsha oʻyindan soʻng Serbiyaning “Radnichki Nish” jamoasiga oʻtib, terma jamoaga olgan chaqiruvlari soni ortgan. 2015-yilning 26-martida Afgʻonistonga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyini uchun terma jamoa tarkibidan joy olgan.

2015-yilning mart oyida u milliy terma jamoa uchun oʻzining ilk dublini 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Bangladeshga qarshi oʻyinda amalga oshirgan va bu oʻyinda uning jamoasi 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻiziston
Yil Oʻyin Gol
2007-yil 3 0
2008-yil 0 0
2009-yil 6 2
2010-yil 3 1
2011-yil 0 0
2012-yil 0 0
2013-yil 0 0
2014-yil 0 0
2015-yil 6 4
2016-yil 2 0
2017-yil 4 3
2018-yil 3 3
2019-yil 3 0
Jami 30 13

Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1. 2009-yil 25-avgust Ambedkar stadioni, Nyu-Dehli, Hindiston  Livan
1–0
1–1
2009-yil Neru kubogi
2. 2009-yil 28-avgust  Shri Lanka
1–0
4–1
3. 2010-yil 17-fevral Sugathadasa stadioni, Kolombo, Shri-Lanka  Hindiston
2–0
2–1
2010-yil OFK kubogi
4. 2015-yil 11-iyun Bangabandhu milliy stadioni, Dakka, Bangladesh  Bangladesh
1–0
3–1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi [12]
5.
3–1
[12]
6. 2015-yil 8-oktyabr "Spartak" stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston  Tojikiston
2–2
2–2
[13]
7. 2015-yil 17-noyabr  Iordaniya
1–0
1–0
[14]
8. 2017-yil 10-oktyabr Thuwunna stadioni, Yangon, Myanma  Myanma
1–0
2–2
2019-yilgi Osiyo kubogi saralashi
9. 2017-yil 14-noyabr Estádio Campo Desportivo Taipa, Makao  Makao
1–0
4–3
10.
3–0
11. 2018-yil 22-mart Incheon futbol stadioni, Incheon, Janubiy Koreya  Myanma
2–0
5–1
12.
3–0
13. 2018-yil 27-mart „Spartak“ stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston  Hindiston
1–0
2–1

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdish-Ata Kant
  • Qirgʻiziston kubogi : 2007, 2009, 2011[15]
Aktobe
Dordoi Bishkek
  • Qirgʻiziston Premyer-ligasi : 2019[15]
  • Qirgʻiziston Superkubogi : 2019[16]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ANTON ZEMLIANUKHIN“. TFF. Qaraldi: 15-may 2010-yil.
  2. Anton Zemlianukhin at Soccerway
  3. Антон Землянухин стал лучшим футболистом Кыргызстана 2015 года at CISSOCCER.com, 4-11-2015 (ruscha)
  4. [1] at goal.com, 5-11-2016
  5. „http://fcska.ru/media/news/igrok-sbornoy-kirgizii-prodolzhit-kareru-v-khabarovske/“ (ruscha). FC SKA-Khabarovsk (2017-yil 21-iyun). 2017-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2017-yil.
  6. „https://prosports.kz/news/243602“ (ruscha). Prosports.kz (2017-yil 23-avgust).
  7. „http://www.rfcatyrau.kz/rus/press_center//2889/“ (ruscha). rfcatyrau.kz. FC Atyrau (21-fevral 2018-yil). 2019-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  8. „http://fc-dordoi.kg/novosti/novosti-kluba/zemljanuhin-matjash-i-bajmatov-nachnut-novyj-sezon-v-ldordoer“ (ruscha). fc-dordoi.kg. FC Dordoi Bishkek (5-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  9. „Дордой расстается с тремя игроками“ (ruscha). fc-dordoi.kg/. FC Dordoi Bishkek (16-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2021-yil.
  10. Dryomin, Mike. „Kyrgyzstan – Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2009-yil 11-dekabr).
  11. „Kyrgyzstan end Sri Lanka hopes“. FIFA.com (28-avgust 2009-yil). 2009-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  12. 12,0 12,1 „Bangladesh 1–3 Kyrgyzstan“. fifa.com/. FIFA (11-iyun 2015-yil). 2015-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2015-yil.
  13. „Kyrgyzstan 2–2 Tajikistan“. fifa.com/. FIFA (8-oktabr 2015-yil). 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2015-yil.
  14. „Kyrgyzstan 1–0 Tajikistan“. fifa.com/. FIFA (17-noyabr 2015-yil). 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2015-yil.
  15. 15,0 15,1 15,2 Anton Zemlyanukhin at National-Football-Teams.com
  16. Super Cup winners Dordoi bask in double delight at The-afc.com