Antizarralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Antizarralar – massasi, spini, izotopik spini, juft-toqligi oʻzining "egizak" zarrasining mos parametrlariga oʻzaro teng boʻlib, bir-bi-ridan faqat elektr va nuklon zaryadlari, ajibligi, magnit momentlarining ishoralari bilan farq qiladigan elementar zarralar. Zarra va Antizarralar ga misollar: elektron va pozitron, proton va antiproton, neytron va antineytron, neytrino va antineytrino. Bundan koʻrinadiki, Antizarralar zaryadli zarralarda ham, elektr jihatdan neytral (zaryadsiz) zarralarda ham mavjud.Antiproton (r) proton (r) ga nisba-tan Antizarralar: massasi, spini, zaryadi va magnit momentining mutlaq qiymatlari pro-tonning tegishli fizik parametrlariga teng. Faqat zaryadi va magnit momen-tining ishorasi bilan protondan farq qiladi. Antineytron (ya) esa neytral (elektr zaryadi nolga teng) boʻlgan ney-trondan faqat magnit momentining isho-rasi bilan farq qiladi. Zarra va Antizarralar juftining alohida xossasi – ularning bir-biri bilan uchrashganda annigilyatsiyalanib, materiyaning boshqa shakliga aylanishi. Mas, elektron va po-zitron annigilyatsiyasi natijasida ular yoʻqolib, foton (yorugʻlik kvanti) hosil boʻladi. Antiproton va antineytronlar nuklonlar bilan annigilyatsiyalanadi, bunda ya-mezonlar hosil boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil