Neytrino

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neytrino (ital. neutrino — neytroncha) — elektr zaryadi nolga, spini 1/2 ga va tinch holatdagi massasi nolga yaqin boʻlgan elementar zarra (v). Lep-tonlar guruhiga kiradi. Elektron N.si (ve) va myuon N.si (v^) nomlari bilan ham ishlatiladi. N. har ikki koʻrinishning oʻziga xos antineytrinosi bor (elektronniki v_ , myuonniki v^ ).

Elektron va myuon zarralar birbiridan kvant sonlari (lepton zaryadlari) Le va L bilan farq qiladi, yaʼni L = + 1, L=b. N. oʻzaro kuchli taʼsirda ham, elektromagnit oʻzaro taʼsirda ham qatnashmaydi va faqat oʻzaro kuchsiz taʼsirda ishtirok etadi. Shuning uchun N.ni bevosita kuzatish qiyin. Quvvatli atom reaktorlari va tezlatkichlar qurilganidan soʻnggina, N.ning oʻta intensiv oqimini olish va uni kuzatish imkoni tugʻildi.

N. massasi juda kichik, lekin oʻtuvchanlik qobiliyati katta. 1930 y.da V. Pauli beta-yemirilish jarayonini oʻrga-nishda juda kichik massali va spini yarimga teng boʻlgan neytral zarra bor-ligini taxmin qilgan edi. Lekin 1932 y.da J. Chedvik neytronni kashf qilganidan soʻng , E. Fermi beta-yemirilish jarayonida ishtirok etadigan bu zar-rani "N." deb atashni taklif etdi. V. Pauli taxmin qilgan zarra 25 y.dan soʻng kuzatildi va fanda yangi — N. fizikasi, N. astronomiyasi kabi sohalar paydo boʻldi. Aniqlanishicha, Yerning har bir kilogramm massasida uz-luksiz ravishda sekundiga 7330 ta antineytrino chiqadi. Bu N.larning man-bai Yerdagi radioaktiv moddalardir. Quyosh, yulduzlardagi termoyadro reak-siyasining mahsulotlari Koinotdagi N. (antineytrino) manbai hisoblanadi. Tajribalar natijasida N. massasi ekani maʼlum boʻldi. N.ning magnit momenti juda ham kichik m(v)=10~7 sv, bu yerda sB — Bor magnetoni. Antineytrino N.ning antizarrasi boʻlganidan uning magnit momenti s(u) dan ishorasi bilan farqqiladi. Hoz. vaqtda Kuyosh N.si, yuqori energiyali kosmik N.ni qayd qilish va tekshirish yanada keng amalga oshirilmoqda. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil