Zaryad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zaryad — 1) elektr 3. — elektromagnit maydon manbai; zaryadlangan zarralarning uzaro elektromagnit taʼsirlashuvi intensivligini ifodalaydigan fizik kattalik. Bir xil ishorali Z.lar birbiridan itariladi, har xil ishorali Z.lar esa birbiriga tortiladi (q. Kulon qonuni). Elektronlar, pozitronlar, protonlar, zaryadli mezonlar va b. elementar zarralar hamda atom yadrosi eng kichik musbat yoki manfiy elektr Z.ga ega. Elektr 3., odatda, elektrostatik birliklar (SGSE) yoki kulonlar bilan ulchanadi. Eng kichik elementar elektr 3. ye = (4,80298 ± 0,000201) • 10 |0 SGSE birlikka teng . Elementar elektr Z.ni birinchi marta 1911 y.da R. E. Milliken aniq ulchagan; 2) portlovchi modda Z.i — maxsus kamera (shurp, quduq va b.) ga joylashtirilgan, vazni va oʻrnatiladigan joyi oldindan hisoblangan hamda portlatishga tayyorlangan portlovchi modda; 3) uloqtiriladigan porox Z.i — oʻq otar qurol stvoli kanalida snaryad (mina, oʻq)ni harakatga keltirish va kerakli tezlikda otish uchun zarur boʻlgan, gilza yoki alohida qopchiklar (kartuzlar)ga joylashtirilgan maʼlum miqdordagi porox; 4) qattiq raketa yoqilgʻisi Z.i — dvigatel kamerasiga joylashtirilgan va yonganda raketani harakatlantiruvchi reaktiv kuch hosil qiladigan bir yoki bir necha qattiq yoqilgʻi bloki (shashkasi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil