Andrey Martinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Vasilevich Martinov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1965-yil 17-sentyabr
Boʻyi 179 sm
Ampluasi himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1984—1985 Dinamo (10)
1986—1991 Kopetdogʻ (0)
1992 Torpedo (Moskva) (0)
1993 Kopetdogʻ (0)
1994 Erzu (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Vasilevich Martinov (turkmancha: Andrey Martynow; 1965-yil 17-sentyabr) – sovet, turkman va rus futbolchisi, himoyachi ampulasida harakat qiladi. Turkmaniston milliy futbol terma jamoasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey Vasilevich Martinov 1965-yil 17-sentyabrda tugʻilgan. Faoliyatini Ashxoboddagi mahalliy klublarda boshlagan. Birinchi murabbiyi I.Grigoryants boʻlgan[1]. 1983-yilda „Zaxmet“ klubida oʻynadi. Professional faoliyatini Samarqandning "Dinamo" klubida boshlagan. Klubda 1984—1985-yillarda faoliyat yuritgan. Keyinchalik Andrey Vasilevich Martinov Ashxobodning „Kolxozchi“ klubida oʻynadi, keyinchalik u „Kopetdogʻ“ deb oʻzgartirilgan. Kopetdogʻ klubi uchun u 205 oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urdi. Klub safida 1986—1991-yillarda harakat qilgan. 1992-yilda, SSSR parchalanganidan soʻng, u Moskvaning Torpedo klubiga koʻchib oʻtdi va klub bilan UEFA kubogida 1 ta oʻyin oʻtkazdi. 1993-yilda Kopetdogʻga qaytib keldi. Keyin u 1994-yilda Grozniyning „Erza“ jamoasida oʻynadi. Jamoa safida 18 oʻyinda 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1995-yilda Andrey Martinov Yaroslavldagi „Shinnik“ klubi safiga qoʻshildi. Klub Rossiya Birinchi ligasida oʻynar edi. U mavsum davomida jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. Mavsum yakunida jamoasi bilan Rossiya Premyer-ligasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi. U 1995—1997-yilgi mavsumda 99 oʻyinda 8 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[2]. Keyinchalik Omskda 1998-yilda „Irtish“ klubi safida, „Chkalovets“ klubi safida va 1999-yilda „Spartak-Orexovo“ klubi safida oʻynadi. Andrey Martinov professional faoliyatini Bratskning „Sibiryak“ jamoasida yakunladi. „Sibiryak“ klubi safida 2000-yilgi mavsumda harakat qildi va 21 oʻyinda 1 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]