Kontent qismiga oʻtish

Yaroslavl

Yaroslavl
57°37′35″N 39°53′36″E / 57.62639°N 39.89333°E / 57.62639; 39.89333
Mamlakat Rossiya
Oblast Yaroslavl viloyati
Yaroslavl xaritada
Yaroslavl xaritada

YaroslavlRossiya Federatsiyasi Yaroslavl viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Volga daryosi boʻyidagi daryo porti, temir yo'l chorrahasi. Aholisi 613,1 ming kishi (2002). Ya.ga 1010-yilda Buyuk Kiyev knyazi Yaroslav Mudriy asos solgan. Ya. yilnomalarda dastlab 1071-yilda tilga olingan. XI—XII asrlarda chegaradagi istehkom. 1218-yildan Yaroslavl knyazligi markazi, 1463-yilda Moskva knyazligiga qoʻshib olingan. 1777-yildan Yaroslavl noibligi (1796-yildan — gubernyasi) markazi. XVI—XVII asrlarda Ya. yirik temirchilik savdo markazi, XVIII asrda esa manufaktura markazi boʻlib qoldi. Sanoatida kimyo, mashinasozlik va toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Yirik korxonalari: asbobsozlik, dizel apparaturalari, shina, motorsozlik, sintetik kauchuk, texnik rezina buyumlari, elektr mashinasozligi, polimer mashinasozligi, yogʻochsozlik uskunalari, kemasozlik, kimyo mashinasozligi, radiozavod, toʻqimachilik, poligrafiya ktlari. Neftni qayta ishlash zavodi, poyabzal, tikuvchilik, tamakisigareta fabrikalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻriqxonasi, planetariy, telemarkaz bor. qadimiy meʼmoriy yodgorliklardan Ilya Prorok, Nikola Mokriy, Ioann Predtecha cherkovlari (barchasi XVII asr) saqlangan.