Amazon oʻrmonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amazon tropik oʻrmoni, (portugalcha: Floresta amazônica yoki Amazônia; ispancha: Selva amazónica, Amazonía, Amazonia; fransuzcha: Forêt amazonienne; niderlandcha: Amazoneregenwoud) Amazon oʻrmoni yoki Amazoniya deb ham ataladi, Amazon biomasidagi nam keng bargli tropik yomgʻir oʻrmon boʻlib, Janubiy Amerikaning Amazon havzasining koʻp qismini qamrab olgan. Faktlarga qaraganda bu mintaqa toʻqqiz millatga tegishli hududni va 3344 rasman tan olingan mahalliy aholini oʻz ichiga oladi. Oʻrmonning katta qismi, yaʼni 60% Braziliyada, qolgan 13%i Peruda, 10% Kolumbiyada va oʻz miqdorda Boliviya, Ekvador, Fransiya Gvianasi, Gayana, Surinam va Venesuelada joylashgan. Amazon Yerdagi qolgan yomgʻir oʻrmonlarining yarmidan koʻprogʻini tashkil qiladi [1] va dunyodagi eng katta va eng yaxshi biologik xilma-xil tropik oʻrmonlarni oʻz ichiga oladi, taxminan 16 000 turda 390 milliard individual daraxt mavjud. [2]

Amazonda 30 milliondan ortiq aholidan 350 dan ortiq turli xiletnik guruhlar yashaydi, ular 9 xil milliy siyosiy tizimga ega va 3344 rasman tan olingan mahalliy hududlarga boʻlingan. Mahalliy xalqlarning umumiy soni 9% ni tashkil qiladi va bu guruhlarning 60 tasi asosan izolyatsiya qilingan. [3]

Koʻplab oʻrmonda keng koʻlamli oʻrmonlarni qisqartirish kelib chiqa boshladi, bu albatta turli xil zararli taʼsirlarni keltirib chiqardi. Braziliyada oʻrmonlarni kesish natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yoʻqotishlar oʻrmonlarni kesish natijasida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar narxiga nisbatan taxminan 7 baravar yuqori boʻlishi mumkin deb hisoblanmoqda. 2023 yilda Jahon banki mintaqada oʻrmonlarni kesishga asoslangan iqtisodiy dasturni taklif qiluvchi hisobotni eʼlon qildi. [4] [5]

Etimologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amazon nomi Fransisko de Orellana Tapuya va boshqa qabilalar bilan olib borgan urushdan kelib chiqqan nom hisoblanadi. Qabila ayollari erkaklar bilan birga jang qilishgan albatta oʻz odatlariga koʻra. [6] Orellana Amazona nomini Gerodot va Diodor tomonidan tasvirlangan yunon mifologiyasidagi Amazonlardan olgan. [6]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Batesning 1863 yildagi "Amazon daryosidagi tabiatshunos" asari

Amazonda qoʻshni Jivaro qabilalari oʻrtasida janglar va urushlar boʻlgan. [7] Braziliya va Venesuela oʻrtasidagi chegara hududlaridagi missionerlarning hisobotlarida Yanomami qabilalarining doimiy oʻzaro toʻqnashuvlari haqida hikoya qilinadi. Yanomami erkaklarining uchdan biridan koʻprogʻi oʻrtacha urushlar natijasida vafot etadi. [8] ]

Munduruku Tapajos daryosi va uning irmoqlari boʻylab kengayib, qoʻshni qabilalar tomonidan qoʻrqqan jangovar qabilalar sirasiga kiradi. 19-asr boshlarida Munduruku Braziliyaliklar tomonidan boʻysundirildi. [9]

Amazon kauchik bumi paytida, tif va bezgak kabi muhojirlar tomonidan olib kelingan kasalliklar 40 000 mahalliy Amazoniyaliklarni oʻldirganligi koʻpchilik tomonidan taxmin qilinmoqda edi. [10]

1950-yillarda braziliyalik tadqiqotchi va tub aholi himoyachisi Kandido Rondon aka-uka Villas-Boas kampaniyasini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa hukumat va Mato Grosso chorvadorlarining qattiq qarshiliklariga duch keldi va mahalliy aholi uchun birinchi Braziliya milliy bogʻining barpo etilishiga olib keldi. [11]

1961-yilda Richard Meyson Panara ingiliz tadqiqotchisi Amazon qabilasi tomonidan oʻldirilgan. [12]

Matselar tashqi dunyo bilan birinchi doimiy aloqani 1969 -yilda oʻrnatganlar. Bu sanadan oldin, ular Peru hukumati bilan daxshatli urush olib borishgan. [13]

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻqqiz mamlakat tomonida Amazon havzalari taqsimlangan – tropik oʻrmonlarning katta qismi, 58,4% Braziliya chegaralarida joylashgan. Qolgan sakkista yerga ega davlatlar: Peru 12,8%, Boliviya 7,7%, Kolumbiya 7,1%, Venesuela 6,1%, Gayana 3,1%, Surinam 2,5%, Fransiya Gvianasi 1,4% va Ekvador 1%. [14]

Tabiiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolumbiyadagi Amazon tropik oʻrmoni
Manaus yaqinidagi Amazon tropik oʻrmonining havodan koʻrinishi
Amazon tropik oʻrmonining havodan koʻrinishi
Manaus yaqinidagi Amazon tropik oʻrmonining havodan koʻrinishi
2,2 million aholiga ega Manaus Amazon havzasidagi eng yirik shahardir
Yanomami Amazon tropik oʻrmonlarida yashaydigan taxminan 32 000 mahalliy aholidan iborat guruhdir. [15]
2009 yilda Braziliyaning Akre shtatida uchrashmagan qabila aʼzolari
Amazon tropik oʻrmonlaridagi oʻrmonlarning kesilishi atrof-muhit oʻzgarishlariga juda sezgir boʻlgan daraxt qurbaqalarining koʻp turlariga tahdid solmoqda (rasmda: ulkan bargli qurbaqa)
Braziliyaning gʻarbiy qismida joylashgan ulkan liana

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „WNF: Places: Amazon“. 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyun.
  2. „Field Museum scientists estimate 16,000 tree species in the Amazon“. Field Museum (2013-yil 17-oktyabr). 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-oktyabr.
  3. „Inside the Amazon“. 2019-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
  4. „World Bank: Brazil faces $317 billion in annual losses to Amazon deforestation“. 8.9ha.. World Bank. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  5. "A Balancing Act for Brazil's Amazonian States: An Economic Memorandum." Executive Summary booklet.. The World Bank, 2023. 2023-yil 30-mayda qaraldi. 
  6. 6,0 6,1 Taylor, Isaac. Names and Their Histories: A Handbook of Historical Geography and Topographical Nomenclature. London: Rivingtons, 1898. ISBN 978-0-559-29668-0. 2008-yil 12-oktyabrda qaraldi. 
  7. „The Amazon's head hunters and body shrinkers“. The Week (2012-yil 20-yanvar). 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  8. Chagnon, Napoleon A. (1992).
  9. „Mundurukú people“. britannica.com. Encyclopaedia Britannica.
  10. La Republica Oligarchic.
  11. From the first expedition to the creation of the Park, pib.socioambiental.org
  12. „Rain delays rescue of explorers“ (1961-yil 8-sentyabr).
  13. Snell, Ron. Jungle Calls, Kindle, Garland, Texas: Hannibal Books, 2 February 2006. ISBN 0-929292-86-3. 2020-yil 27-mayda qaraldi. 
  14. Coca-Castro, Alejandro; Reymondin, Louis; Bellfield, Helen; Hyman, Glenn (January 2013), Land use Status and Trends in Amazonia (PDF), Amazonia Security Agenda Project, March 19, 2016da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: August 25, 2019
  15. „Yanomami“. Encyclopaedia Britannica. 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.