Alisher Aʼzamxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alisher Anvarovich Aʼzamxoʻjaev (1957-yil 10-aprel, Toshkent) — oʻzbek diplomati. 2017-yildan Oʻzbekistonning Turkiya va Bolgariya Respublikalaridagi favqulodda va muxtor elchisi, 1995—1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Muvaqqat ishlar vakili.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1957-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

"Mikond" zavodi partiya qo‘mitasi kotibi bo‘lib ishlagan.

SSSR Oliy Kengashining oxirgi chaqiriq deputati, SSSR Oliy Kengashi Respublikalar Kengashining aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xalq deputati, faxriylar va yoshlar ishlari boʻyicha qoʻmitasi rahbari bo'lgan.

1995—yildan 1998—yil noyabrigacha — Oʻzbekiston Respublikasining Kiyevdagi Muvaqqat ishlar vakili.

1998—yildan 2000—yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari boshqarmasi boshlig‘i.

2000—yildan 2012—yilgacha — „Crown Furniture LTD“ xorijiy korxonasi bosh direktori.

2012—2017 — „Omad yulduzi“ MChJ bosh direktori.

2017-yilning iyulidan sentabriga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.

2017-yil sentyabrdan — O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

2018-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Bolgariya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

Rus, ingliz va turk tilini yaxshi biladi.

Uylangan, to‘rt farzandi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]