Al-Muradiyya masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Muradiyya masjidi
arabcha: جامع المرادية
Tashqi koʻrinishi
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Asoschi Murod Posho
Asosiy sana:
1570-yil
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1

Al-Muradiyya masjidi (arabcha: جامع المرادية), Murod Posho masjidi (arabcha: جامع مراد باشا) nomi bilan ham tanilgan. Iroqning Bagʻdod shahrdagi al-Rusufa tumanida joylashgan tarixiy masjiddir. U al-Maydan maydonida Mudofaa vazirligi va al-Ahmadiya masjidi hamda Oʻzbek masjidi oʻrtasidagi eski qal’a roʻparasida joylashgan. Masjid qurilishi ilk Usmonlilar davriga borib taqaladi[1][2]. Baʼzilar masjid minorasini Bagʻdoddagi eng goʻzal minora deb hisoblashadi[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning qurilishi 1566-yilda oʻsha paytda Bagʻdod hokimi boʻlgan Usmonli imperiyasining vakili Murod Posho tomonidan boshlangan. 1570-yilda qurib bitkazilgan va Murod Posho sharafiga „al-Muradiyya“ nomini olgan[3]. Uning ochilish kuni munosabati bilan bayram tantanasi boʻlib oʻtgan. 1686-yilda gubernator Ahmad posho Albu Shanaq masjidga biriktirilgan xonani taʼmirlab, masjid xizmatlari uchun suv quvuri faoliyatini yoʻlga qoʻyadi. U oxirgi marta 1903-yilda taʼmirlangan va hozirgacha saqlanib qolgan[1]. Masjid oʻzining meʼmorchiligi va bezaklari bilan Bagʻdod ahlining faxriga sabab boʻlgan[4].

Hozirda masjid madaniy meros obyekti hisoblanadi va Bagʻdoddagi aksariyat diniy binolar qarovsiz qolgan bir paytda 2009-yilda taʼmirlangan[5].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Muradiyya masjidi (oʻngda) 1932-yil.

Masjid asosan gʻisht va gipsdan qurilgan boʻlib, uning oʻlchami 1125 metrni tashkil qiladi. Uning ibodatxonasi toʻrtburchaklar shaklda boʻlib, devorlari qalin, mehrobining kattaligi 10 metrni tashkil qiladi. Bino uchli arklar bilan bir-biriga bogʻlangan toʻrtta silindrsimon marmar ustunlarga tayangan yettita gumbazdan tarkib topgan. Ushbu gumbazlarning eng kattasi markaziy gumbaz boʻlib, u inshoot tepasida joylashgan, yarim sharsimon va sayqallangan koʻrinishga ega. Gumbazning ichki qismi uning aylanasi boʻylab yozilgan Qur’on oyatlari bilan bezatilgan, gumbazning tashqi tomoni esa koʻk va yashil fayans bilan ziynatlangan. Qolgan oltita gumbaz hajmi jihatidan kichikroq[3]. Masjid gumbazi odatda „Xitoy gumbazi“ deb nomlanadi, chunki uning cheti Xitoy meʼmorchiligining tishli chekkalariga oʻxshash shaklda tishli qilib yasalgan[4]. Yozgi nomozxonaning shimoli-gʻarbiy burchagida joylashgan minora ham chiroyli bezatilgan. Ichkarida muqarnas qatori ustida joylashgan havzaga olib boradigan aylanma zinapoya mavjud[3]. Masjid minorasi anʼanaviy Bagʻdodiy minora boʻlib, Usmoniylar taʼsirisiz Abbosiylar uslubida qurilgan[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]