Akmal Ikromov tumani
Akmal Ikromov tumani — T.dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1977-yil Chilonzor va Oktabr (hozirgi Shayxontohur) tumanlarini ixchamlashtirish maqsadida, ular hududida tashkil etilgan. Davlat arbobi Akmal Ikromov nomiga qoʻyilgan. 1977-yildan hozirgi chegarasida janubiy va jan.sharkdan Zargarlik va Qatortol koʻchalari bilan boshlanib, gʻarb va shim.gʻarbda avtomobil halqa yoʻliga tutashadi. Maydoni 2797 ga, jumladan, koʻkalamzor yerlari — 1124 ga. Aholisi 228,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 424 tani tashkil etib, shundan 8 tasi markaziy hisoblanadi. Asosiy avtomagistrallari: Lutfiy, Hamroqul Tursunqulov, Farhod, Sulton Segizboyev, Uygʻur, Nazarbek, Ziyo Sayd, Toʻqimachi koʻchalari va Kichik halqa yoʻlida. Tumanda 50 ta mahalla mavjud.
Tuman hududida quyidagi sanoat korxonalari: zargarlik zavodi, bulkakonditer, sutktlari, „Toshkentsut“ aksiyadorlar jamiyati, „Fonon“ zdi, „OsiyoFud“ non mahsulotlari korxonasi, „Chevar“ tikuvchilik ishlab chiqarish. birlashmasi, „Gazavtomatika“ korxonasi, „Toshinterm“ Oʻzbekiston — Xitoy, „Shayxontohurtekstil“ qoʻshma korxonalari, Toshkent mexanizatsiya vositalari va jihozlari hamda stanoksozlik tajriba eksperimental mexanika zdi, toʻqimachilik ktining 4 yigiruvtoʻquv fabrika, 13 avtotransport va 5 qurilish tashkiloti mavjud. Tumanda Jahon tillari unti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, sanʼat Internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasbhunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 53-bolalar bogʻchasi va yaslisi, 8 davolash yaslisi, 6 davolashprofilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor. Tuman aholisiga 512 oziq-ovqat va 550 sanoat mollari doʻkoni, 420 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qiladi. 2 madaniyat uyi, 8-jamoat kutubxonasi, „Vatan“ kinoteatri, Akmal Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3486 ming m2 (2004). Tumanda qurilish ishlari 1966-yildan boshlangan. Tumanni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish bosh planiga muvofiq tumanda katta qurilish ishlari olib borilmoqda; 70, 72 ATS, stomatologiya poliklinikasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Karvonsaroy bozori“, „Oʻrikzor“, „Guliston“ turar joy massivlari, bolalar bogʻchalari, maktablar qurilib ishga tushirildi. Farhod va Uygʻur koʻchalari kengaytirildi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |