Akbar Atamuhamedov
Atamuhamedov Akbar | |
---|---|
![]() Akbar (o‘ngda) Farrux Zokirov bilan | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi | 13-noyabr 1987 |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | qo‘shiqchi |
Guruh | SADO |
Janr | Estrada |
Faoliyat yillari | 2001- yilda – hozirgi |
Akbar Hamidovich Atamuhamedov ( oʻzbekcha: Akbar Atamuhamedov; 1987- yil 13 noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, aktyor, radio va teleboshlovchi..SADO guruhning solisti va badiiy rahbari (2004 yildan). Atamuhamedov gʻarbning mashhur qoʻshiqlariga oʻzbek milliy koverlarini uyg‘unlashtirish, Farrux Zokirov qoʻshiqlari hamda mualliflik kompozitsiyalarini ijro etish bilan orqali tanilgan. Uning diskografiyasida SADO guruhining bir qismi sifatida 1 ta yakkaxon va 3 ta albom mavjud. Akbar Hamidovich 20162016-yilda ,,Shuhrat” medali bilan taqdirlangan [1] .
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Akbar 1987-yil 13-noyabrda Toshkent shahrida Xamidjon Otamuhamedov ҳамда Yulduz Nasibaliyevalar oilasida yagona farzand bo‘lib dunyoga kelgan.
Akbarning musiqiy faoliyati 2001-yilda har yili o‘tkaziladigan ,,O‘zbekiston – Vatanim manim” vatanparvarlik qo‘shig‘i davlat tanlovida ,,Estrada qo‘shig‘i” nominatsiyasidagi g‘oliblik bilan boshlangan.
Atamuhamedov 2004-yilda birinchi ,,16-chi qo‘shiq” (,,16-chi qoʻshiq”) singli hamda shu nomdagi videoklip bilan TV Markaz reytingida 2 oy davomida 1-oʻrinni egallagan va yana 2 oy davomida telekanal reytingida birinchi 3 talikka kirgan.
O‘sha yili Akbar bir qator musiqachilarni yig‘gan va guruh bilan faol ishtirok etadi, bir vaqtning o'zida ,,TERRA” radiosida radioboshlovchi va ,,TV Markaz” telekanalida Eurochart boshlovchisi sifatida ishlagan[2] .
Farrux Zokirov, Roza Rimbayeva, Mansur Tashmatov, Jenisbek Piyazov, Shirin Mamatova, Nilufar Usmonova, Manzura, Samandar Hamroqulov [3] [4] [5] kabi ijrochilar bilan duet kuylagan.
2005-2013-yillarda ,,Terra” radiosi bosh muharriri bo‘lgan.
2008-yilda uning guruhi Vladimir Baramikov (1970-1980-yillarda “Sado” oʻzbek vokal- ansambli guruhi rahbari) ruxsati bilan ,,SADO” nomi ostida ijod qilib, mashhur boʻlgan [6].
2016-yilda Akbar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Ommaviy bayramlar rejissyorligi fakultetini (Baxtiyor Sayfullaev kursi) tamomlagan. 2017-yilda “Madaniyatshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga o‘qishga qabul qilingan va ayni paytda ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda[7] [8].
Akbar Hamidovich 2016-yilda ,,Toshkentim” musiqiy filmida ishtirok etgan[9] [10].
Xonanda shuningdek, 2018-yildan buyon ,,Sevimli” telekanalinda ,,Sevimli kun” ko‘rsatuvini olib boradi.
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xonanda 2008-yilda oila qurgan. Tushmur o‘rtog‘i Shahlo. Ularning bir nafar qiz farzandi bor [11] .
Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yakkaxon[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2004 yil - ,,16-chi qo'shiq" (Single CD, PanTerra studio )
- 2006 yil - ,,Nido" (singl CD, PanTerra studiyasi )
- 2007 yil - ,,Esla" (CD-albomi, PanTerra studiyasi )
"SADO" doirasida[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2010 yil - ,,O'zbek ayoli" ( CD-albom, PanTerra studio )
- 2011 yil - ,,Chiroylisan" (CD-albomi, PanTerra studiyasi )
- 2012 yil - ,,Suzane at Tower Bridge” (CD albomi, PanTerra studiyasi )
- 2017 - ,,Senga savolim bor, sevgi” ( Compilation CD, OHANG Media )
Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2004 yil - ,,Yangi yil perisi” / Yangi yil Parisi - kamo
- 2005 yil - ,,Ura, sumalak” / Voy dod, Sumalak - o'g'il
- 2008 yil - ,,Tavba” / Afsus - Davron
Mukofotlar va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2016 yil ,,Shuhrat” medali bilan taqdirlangan [1] .
- ,,Do‘stlik” ordeni 2022 yil
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 О награждении в связи с двадцать пятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, СМИ и других социальных сфер
- ↑ „Телеканал «TV Markaz» — первый музыкально-развлекательный телеканал“. 9-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-may 2018-yil.
- ↑ Love Story. Гость эфира Акбар Атамухамедов (23.10.2011) Проект Love Story. Гость эфира Акбар Атамухамедов (23.10.2011)Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „в Бишкеке прошли Дни культуры Узбекистана“. 21-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2018-yil.
- ↑ „Как отметили День защитников Родины в филиале РГУ имени Губкина“. 8-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2018-yil.
- ↑ Творческая молодёжь стран СНГ встретилась в России
- ↑ Hisobot majlisi[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ В Ташкенте обсудили роль эстрадного искусства в повышении духовности молодежи
- ↑ „В новой версии мюзикла «Мой Ташкент» сыграет Сосо Павлиашвили“. 10-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2018-yil.
- ↑ Посвящение столице[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Шахло ва Акбар Атамухамедов: «Севги, бу — бахтнинг кутилмаган ташрифи»“. 4-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2018-yil.