Samandar Hamroqulov
![]() | Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Samandar Hamroqulov | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
23-dekabr 1978-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Janr | Pop-folk |
Amplua | vokal |
Faoliyat yillari | 1999 — bugun |
Mukofotlari |
![]() |
Veb-sayt | samandarmedia.uz |
Samandar Hamroqulov (23-dekabr, 1978-yilda tugʻilgan) — oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2007)[1]. Samandar 2002-yil „Sevgi fazosi“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. U ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi[2].
Samandar 1999-yil „Chayon gul“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. 2005-yil suratga olingan „Yarim baxt“ filmidagi roli Samandarga yanada koʻproq shuhrat olib keldi. Bu muvaffayiqatlardan keyin Samandar bir necha filmda rol oʻynadi.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1978-yil 23-dekabr kuni Namangan shahrida sanʼatkor va qiziqchi Rustam Hamroqulovlar oilasida tavallud topgan. Namangan shahridagi Farobiy nomidagi 2-sonli maktabga borgan. 1996-yildan 2000-yilgacha Toshkent Davlat Sanʼat institutining „Musiqali drama“ fakultetida oʻqigan. Samandar Hamraqulovning sanʼat sohasiga kirib kelishining asosiy sababi uning sanʼatkor oilasida tugʻilganligi bilan oʻzaro bogʻliqdir. Samandar Hamraqulov xalq orasida „Sevgi fazosi“ qoʻshigʻi bilan tanilgan boʻlib, bu qoʻshiq xonandaning ilk ijodi hisoblanadi. Soʻng „Asalim goʻzal“, „Samandar tangosi“ hamda 2002-yilda suratga olingan Rustam Saʼdiyevning „Muhabbat sinovlari“ filmiga ishlangan „Sen oʻzing“ soundtreki juda ham ommalishib, xit tarona darajasiga yetgan. Xonanda oʻzini aktyorlik sohasida ham sinab koʻrgan va bir necha muvafaqqiyatlarga erishgan[3]. 2007-yil 10-avgustda Dilnoza Mamatova bilan turmush qurgan.
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Otasi, Hamroqulov Rustamali Ikromaliyevich (1953-1989) — OʻzSSR Lenin mukofoti sovrindori, OʻzSSRda xizmat koʻrsatgan artist[4].
- Onasi, Yuldasheva Mavluda Mamadaliyevna (1953) — filolog (oliy toifali ona tili va adabiyot oʻqituvchisi).
- Akasi, Hamroqulov Iskandar Rustamaliyevich (1977) — aktyor, qiziqchi.
- Singlisi, Hamroqulova Sevara Rustamaliyevna (1981) — satira teatri aktrisasi.
- Turmush oʻrtogʻi, Hamroqulova (Mamatova) Dilnoza Alisherovna (1989) — filolog (fransuz tili)[5].
Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Studiyaviy albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Sevgi fazosi“ (2002)
- „Samandar tangosi“ (2005)
Kliplari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Film | Rol | Manba |
---|---|---|---|
1999 | Chayon gul | ||
2002 | Muhabbat sinovlari | ||
2003 | Taqdir | ||
2004 | Muhabbatimsan | ||
2005 | Yarim baxt | ||
2007 | Yangi boy | Qobiljon | |
2008 | Zirabcha | ||
2010 | Arzanda | ||
2013 | Gumroxlar | ||
2017 | Notanish yulduz |
Seriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Serial | Rol | Manba |
---|---|---|---|
2019 | Hamyon | ||
2002 | Hayot oʻyini |
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Tarona Taqdimoti — 2002“ marosimining — „Musiqada yil yangiligi“ nominatsiyasi sovrindori.
- „Nihol-2003“ sovrindori.
- „Tarona Taqdimoti — 2004“ marosimining — „Yil qoʻshiqchisi“ nominatsiyasi sovrindori.
- 2007-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ mukofoti sovrindori[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artistlar“. data.gov.uz. 13-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-aprel 2021-yil.
- ↑ „Samandar Xamraqulov biografiyasi“.
- ↑ „Samandar Hamroqulov from Uzbekistan“. popnable.com.
- ↑ „Rustam Hamroqulovni yod etib: «Oʻlim uni shoshirib qoʻygandi!»“. xabar.uz. Qaraldi: 3-may 2018-yil.
- ↑ „SAMANDAR HAMROQULOV RAFIQASINI QUVONChLI SANA BILAN MUBORAKBOD ETDI“. darakchi.uz. 12-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-aprel 2021-yil.