Afshorlar sulolasi
Afshorlar sulolasi (ozarbayjoncha: Əfşarlar sülaləsi; forscha: افشاریان) – XVIII asr oʻrtalarida Eronda hukmronlik qilgan sulola. Bu sulolaga 1736-yilda Safaviylar sulolasining soʻnggi vakilini taxtdan agʻdarib, oʻzini Ozarbayjon va Eron shohi deb eʼlon qilgan harbiy sarkarda Nodirshoh asos solgan.
Nodirshoh hukmronligi davrida Eron Sosoniylar saltanatidan keyingi eng katta hududga ega davlat edi. Bu davlat Nodirshoh davrida eng katta hududga ega paytida hozirgi Eron, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz (Dogʻiston), Afgʻoniston, Bahrayn, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Pokiston, shuningdek Iroq, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonning baʼzi bir qismlariga hukmronlik qilgan. Nodirshohning oʻlimidan soʻng imperiyaning katta qismi Zendlar, Durroniylar, Gruzinlar va Kavkaz xonliklari oʻrtasida boʻlingan bir paytda, Afshorlar hukmronligi esa Xurosondagi kichik mahalliy davlat bilan chegaralangan. Afshorlar sulolasi hukmronligi 1796-yilda Ogʻa Muhammad Xon Qojar tomonidan tugatildi.
Afshorlar sulolasi hukmdorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]No. | Shoh | Portret | Hukmronligining boshlanishi | Hukmronligining tugashi | Muhri | Zarb ettirgan tangasi | |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Nodirshoh | 1736 yil 8 mart | 1747 yil 20 iyun | ||||
2 | Odil Shoh | 1747 yil 6 iyul | 1748 yil 1 oktyabr | Yoʻq | |||
3 | Shohruh Shoh | Yoʻq | 1748 yil 1 oktyabr | 1750 yil yanvar | Yoʻq | ||
4 | Ibrohim Afshor | Yoʻq | 1748 yil 8 dekabr | 1749 | Yoʻq |