Yunus Rajabiy uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yunus Rajabiy muzeyidan yoʻnaltirildi)

Yunus Rajabiy muzeyi — Oʻzbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan uy-muzey. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey 1997-yil dekabr oyida, Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligi arafasida uning oʻgʻli Hasan Rajabiy tomonidan tashkil qilingan[2][3]. Muzeyning birinchi qavatida memorial va cholgʻu asboblar ekspozitsiyasi xonasi hamda mehmonxona joylashgan. Memorial xonada Yunus Rajabiyning mebellari, radio, ustki kiyimi, stolining ustida esa musiqa asbobi, notalari, ruchka, choynak-piyolalari qoʻyilgan[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Дом-музей Юнуса Раджаби“. Афиша.Уз. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
  2. „Дом - музей Юнуса Раджаби“. cultureuz.net. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)
  3. „Дом-музей Юнуса Раджаби“. myday.uz. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
  4. „Дом - музей Юнуса Раджаби“. cultureuz.net. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)