Abuliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abuliya (qadimgi yunoncha: ἀ- — inkor yuklamasi va βουλή — iroda) nevrologiya va psixiatriya sohasiga oid tibbiy atama boʻlib, bemor zarurligini anglasada, harakatni amalga oshirishga qodir boʻlmagan, zarur qaror qabul qila olmaydigan irodaning patologik yetishmasligi holatini bildiradi.

Bunday holatda bemorlar har qanday faoliyatga (qisman yoki toʻliq) xohish yetishmasligini his qilishadilar[1]. Iroda faoliyatining pasayishining uncha ogʻir boʻlmagan holati gipobuliya hisoblanadi. Abuliya motivatsiyaning pasayish darajasi boʻyicha apatiyaning yengilroq holati va akinetik mutizmning anchayin ogʻir holati oʻrtasida joylashgan. Abuliyaning harakatsizlik bilan birga kelishi abulik-akinetik sindrom va apatiya bilan kelishi esa - apatiko-abulik, shuningdek, apato- abulik deb ham ataladi[1].

Abuliyaning namoyon boʻlishi bilan bogʻliq kasalliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abuliya koʻplab nevrologik va ruhiy kasalliklar: shizofreniya, depressiya, Parkinson kasalligi, Xantington kasalligi, Pik kasalligi, demensiya, insultdan keyin, neyroinfeksiyalar, toksik miya shikastlanishi, bosh travmasıda uchraydi. Abuliya shuningdek tugʻma ham, chuqur darajadagi aqliy zaiflikda ham boʻladi[1] va torpid (apatik) oligofreniya uchun xosdir.

Vaqtinchalik abuliya katatonik, psixogen yoki melanxolik hurujda yuzaga kelishi mumkin[2].

Bosh miyada qon aylanishining yetishmasligi va old qismining shikastlanishi, bazal gangliyalar, oldingi singulat poʻstlogʻi va korpus kallosumning kapsulyar tizzasiga zarar etkazish abuliya rivojlanishiga olib keladi.

Abuliya -shizofreniyaning облигатный belgisi. Yillar davomida shizofreniya bilan ogʻriganlarda ruhiy nuqson paydo boʻladi, salbiy oʻzgarishlar shu jumladan irodaning zaiflashishi kuchayadi. Vaqt oʻtishi bilan bemorlar tobora passiv boʻlib, gigiena qoidalariga rioya qilishmay qoʻyadilar, oʻzlariga xizmat qilish qobiliyatini yoʻqotadilar va koʻp vaqtlarini yotoqda oʻtkazadilar. Gallyutsinatsiyalar va aljirashlarsiz apato-abulik sindromi shizofreniyaning oddiy shaklida uchraydi. Shizofreniyada abuliya parabuliya (irodaning buzilishi) bilan kelishi mumkin.

Hozirgi vaqtda abuliya mutaxassislar tomonidan alohida kasallik sifatida qaralmaydi. Abuliyani Motivatsiyaning buzilishi nuqtai nazaridan koʻrib chiqishga urinishlar mavjud.

Abuliya belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abuliya quyidagi alomatlar bilan tavsiflanadi:

  • maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlarni boshlash va davom ettirishning qiyinligi;
  • kutilmagan harakatlar va imo-ishoralarning kamligi yoki etishmasligi;
  • sekin fikrlash va harakatlanish;
  • nutqning yetishmasligi, undagi qoʻshimcha elementlarning yoʻqligi;
  • hissiy reaktsiyaning pasayishi yoki etishmasligi;
  • tashabbusning yetishmasligi;
  • soʻrovga javob berish muddatining choʻzilishi;
  • passivlik;
  • ijtimoiy aloqalarning ozayishi;
  • dam olish faoliyatiga qiziqishning pasayishi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abuliyani davolash uchun psixostimulyatorlar (dekstroamfetamin, metilfenidat), yordamchi antidepressantlar (bupropion, tranilsipromin, proptilin, dafomin agonistlari (levodopa, bromokriptin, amantadin, selegilin, pramipeksol) va boshqa baʼzi psixofarmakologik preparatlar (xususan, analeptik modafinil) qoʻllanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Блейхер В. М., Крук И. В. „Абулия“,. Толковый словарь психиатрических терминов. МОДЭК, 1995. ISBN 5-87224-067-8. 
  2. „Абулия - Psychologies“.