Depressiya (tibbiyot)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Depressiya (tibbiyotda) — oʻziga ishonmaslik ruhidagi gʻamginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir "qolip"ga tushib qolishi, xohish-istakning kamayishi, harakatlarning chegaralanishi. Koʻpgina ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Surunkali oʻta toliqish, ruhiy ozor yetkazadigan sharoit (holdan toyish D.si), gʻam-gʻussa (reaktiv D.) D.ga sabab boʻlishi mumkin. D. alomatlari turlicha namoyon boʻladi. Baʼzi turlarida fikrlash, savollarga javob qaytarish, baʼzan hatto harakat qilish qiyinla-shadi. Bemor gʻamgin koʻrinadi, ayni vaqtda ishtahadan qolib, ozib ketadi, yurak urishi va qon bosimi oʻzgaradi, boshi ogʻriydi, qabziyat boʻladi, terisi qurishib qoladi yoki ter bosadi; ayollar hayz koʻrmaydi; uyqusi buziladi; ish qobiliyati pasayadi. D.ning baʼzi turlarida bemor oʻzini irodasizlikda ayblaydi, kasallikka, azobuqubatlarga duchor boʻldim deb oʻylaydi, oilasi uchun keraksiz kishi, gunohkor deb hisoblaydi va h.k. D. holati moddalar almashinuvining buzilishi va endokrin kasalliklar bilan birga kechadi. D. boʻlgan kishi oʻzini oʻzi oʻldirishga urinishi mumkin, shuning uchun bemorga koʻzquloq boʻlib turish kerak. Davo kasallik alomatlariga qarab buyuriladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil