Kontent qismiga oʻtish

Abu Saʼd al-Hasan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Saʼd al-Hasan
arabcha: أبو سعد الحسن
Makka amiri]]
Saltanat 1250–1253
Oʻtmishdoshi Ibn al-Musayyib
Davomchisi Jammoz ibn al-Hasan
Hamkor hukmdorlik Abu Numay I
Farzandlari Abu Numay I
Uy
Otasi Abu al-Hasan Ali
Arabic name
Shaxsiy
(Ism)
Hasan
حسن
Otasining ismi
(Nasab)
ibn Ali ibn Qatoda
بن علي بن قتادة
Taxallus
(Kunya)
Abu Sa‘d
أبو سعد
Sifatlanishi
(Laqab)
Badriddin
Imonning toʻlin oyi
بدر الدين
Toponimik
(Nisba)
al-Hasaniy al-Makkiy
'Hasaniylar, Makka
الحسني المكي

Abu Saʼd al-Hasan ibn Ali ibn Qatoda ibn Idris al-Hasaniy (arabcha: أبو سعد الحسن) – 1250—1253-yillarda Makka amiri. Onasi habashistonlik qul boʻlgan.

1232-yilda misrlik al-Komil oʻsha paytdagi Yanbu amiri Abu Saʼdga Roji ibn Qatodadan Makkani qaytarib olishda yordam berishini buyurgan. Oʻsha vaqtda yamanlik al-Mansur Makka boshqaruvida Roji ibn Qatodani qoʻllab-quvvatlangan.

1242-yilda al-Mansur Makkani qayta qoʻlga kiritgan. Sulton Abu Saʼddan Yanbu qal’asini sotib olgan va bu yerlardan misrliklar foydalanmasliklari uchun vayron qilishni buyurgan. Abu Saʼdga esa Makkadagi Vodi Marrda joylashgan Yaman qoʻshiniga yordam berishini tayinladi.

1250-yilda Abu Saʼd Zubayd qabilasi rahbarlaridan Makkani Yaman amiri Ibn al-Musayyibning zulmkor hukmronligidan tortib olish uchun yordam olgan. Abu Saʼdning badaviy qoʻshinlari Makkaga ikki tomondan kirib kelgan va shaharni oʻz nazoratiga olgan. Al-Muyurqiyning yozishicha, Ibn al-Musayyib hijriy 647-yil Zulqaʼda oyining 7-sanasi (milodiy 1250-yil 11-fevral) juma kuni, Ibn al-Mahfuzning yozishicha, Shavvol oyining oxirida (yanvar oyi oxiri, fevral oyi boshi) Makkani qoʻlga kiritgan. Abu Saʼd Makka zodagonlarini masjidiga yigʻib, ularga Sultonga boʻlgan sodiqligini izhor qilgan va Ibn al-Musayyibning oʻgʻirlagan boyliklarini olib, Iroqqa qochib ketishni rejalashtirganini tushuntirgan. Abu Saʼdning hukmronligi al-Mansur vafotidan keyin yanada mustahkamlangan.

Abu Saʼd hijriy 651-yilda amakivachchasi Jammoz ibn Hasan tomonidan taxtdan agʻdargan va oʻldirgan. Turli maʼlumotlarga koʻra, bu voqea Shavvol oyining 5-sanasida (milodiy 1253-yil 28-noyabr), Ramazon oyining boshida (oktyabr oxiri) yoki Shaʼbon oyining 3-kunida (28-sentyabr) sodir boʻlgan.

  • Ibn Fahd, ‘Izz al-Dīn ‘Abd al-‘Azīz ibn ‘Umar ibn Muḥammad. Ghāyat al-marām bi-akhbār salṭanat al-Balad al-Ḥarām, 1st (ar) Shaltūt: , Makkah: Jāmi‘at Umm al-Qurá, Markaz al-Baḥth al-‘Ilmī wa-Iḥyā’ al-Turāth al-Islāmī, Kullīyat al-Sharīʻah wa-al-Dirāsāt al-Islāmīyah, 1986 — 633–638 bet. 
Abu Saʼd al-Hasan
 Vafoti: 1253
Humkdorlik unvoni
Oldingisi
Ibn al-Musayyib
Makka amiri
1250–1253
Keyingisi