Kontent qismiga oʻtish

Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad ibn Hishom al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 957-yil (hijriy 346-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hanafiy faqihi

Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy (arabcha: أبو إسحاق إبراهيم البخاري — Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad ibn Hishom al-Buxoriy) — hanafiy faqihi.

Al-Amiyn“ nomi bilan tanilgan alloma Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan peshqadam faqihlaridan bo‘lgan. Olim hanafiy mazhabida faoliyat olib borgan.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy Abu-l-Muvajjah Muhammad ibn Amr, Sahl ibn Shozavayh, Abu Ali Solih ibn Muhammad Jazaralarning suhbatidan bahramand bo‘lib, ulardan hadis eshitgan. Bag‘dodga borib, u yerda hadis aytgan, shahar ahllari undan hadis rivoyat qilganlar. Olimdan shuningdek, Abu Umar ibn Hayyuvayh, Abdulloh ibn Usmon ad-Daqqoqlar rivoyat qilganlar. Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy 950-yil (hijriy 337-yil)da haj safariga chiqqan. Yo‘lda turli yerlarda hadis rivoyat qilib borgan.

Iqtibos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Hofiz Muhammad ibn Abdulloh an-­Naysoburiy aytadi:

...haj safaridan qaytayotib bir muddat bizning huzurimizda bo‘ldi. Biz undan Abu Ali al-Hofizning «Saylanma»sini yozib oldik

[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. — Karotash: „Maktaba Mir Muhammad“. I, 45;
  2. Az-Zahabiy. Siyar. 1985. XV, 517;
  3. Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 136.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.