Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr ibn al-Fazl madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulazizxon ibn Ubaydullaxon madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Buxoroning X asr boshlarida bunyod etilgan qadimiy o‘quv dargohlaridan biri, Al-Jadid (yoki al-Hadid) guzarida joylashgan bo‘lgan. Ushbu madrasa haqida Abdukarim as-Sam’oniy yozib qoldirgan.

Ahmad ibn Muhammad Buxoriy mazkur shaxs haqida: "Shaharning g‘arb tomonidagi nurga to‘la ostona, Alloh rahmat qilsin, olam shayxi, zohid, haqqa yetishgan imom Abu Bakr Muhammad ibn al-Fazl ibn Jaʼfar al-Buxoriynikidir. U muhaddis va mujtahid, din va dunyodan to‘liq xabardor edi. Ilmi tufayli Buxoroda Muhammad dinidan boshqa mazhab qolmadi. Taqvodor va zohidligiga qaramay, ilm o‘rgatish, shariatni targ‘ib qilishni ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Aytishlaricha, ulug‘lardan biri uni tushida ko‘rib: „Alloh senga qanday marhamat ko‘rsatdi?“ — deb so‘rabdi. U: „Barcha zoru iltijolarimni bor bisotim dirhamlari bilan taroziga tortishganida iltijolarim og‘irroq chiqdi. Shu sababli najot topdim“, — deb javob berdi. Uning 400 ming g‘itrifiy boyligi borligi el orasida mashhur edi. U hijriy 325-yili (936 – 937) vafot etgan.[1]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 173.