Abu Bakr as-Surxakatiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Foil as-Surxakatiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1125-yil (hijriy 518-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hanafiy faqihi, hadisshunos

Abu Bakr as-Surxakatiy (arabcha: أبو بكر السرخكتي) — Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Foil as-Surxakatiy) — hanafiy faqihi, hadisshunos.

Hanafiy mazhabi faqihi, hadisshunos olimlardan sanalgan Abu Bakr as-Surxakatiyning tavallud sanasi noma’lum bo‘lib, hijriy 518-yil zul-hijja oyi (milodiy 1125-yil yanvar oyi)da vafot etgan. Olimning janozasi hayit namozida o‘qilgan va Buxoroga olib kelinib, o‘sha yerga dafn qilingan.

Abu Bakr as-Surxakatiy avval Samar­qandda fiqhdan ta’lim oladi, so‘ng ilmini Buxoroda davom ettirib, o‘sha yerda yashab qoladi. Manbalarda Abu Bakr as-Surxakatiyning ustozi sifatida Abu-l-Ma’oliy Muhammad ibn Zayd al-Husayniy nomi zikr qilingan. O‘z navbatida, faqihdan ko‘p jamoa olimlari hadis rivoyat qilganlar.

Abu Bakr as-Surxakatiy har bir savolga hujjat-dalil bilan javob beruvchi fozil yo‘lboshchi-imomlardan ham bo‘lgan. Olim Movarounnahrning o‘rta asrlar tarixida chuqur iz qoldirgan Oli Burhon yoxud Bani Moza oilasining asoschisi Burhonuddin Abdulaziz ibn Moza al-Marviy al-Buxoriyning raqiblaridan bo‘lib, u bilan Buxoroda munozaralar olib borgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • «Amālӣ as-Surxakӣ»[1].

Adabyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoqut. Mu’jam. — Misr: „As-Saʼoda“, 1906. V, 66;
  2. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-jinon“, 1988. III, 245;
  3. Hoji Xalifa. Kashf az-zunӯn. — Misr: „Dor as-Saʼoda“, 1893-94. I, 148;
  4. A. Babadjanov. „Mu’jamu-l-buldon“dagi samarqandlik faqihlar // Imom al-Buxoriy saboqlari. — 2010. № 2. 106.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.