Abu Bakr al-Juzjoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy al-Bag‘dodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 881-yil (hijriy 268-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hanafiy faqihi, mutakallim

Abu Bakr al-Juzjoniy (arabcha: أبو بكر الجوزجاني — Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy al-Bag‘dodiy) — hanafiy faqihi va mutakallim.

Hayoti haqida ko‘p maʼlumot bo‘lmasa-da, nisbasiga ko‘ra Juzjonda tug‘ilganini taxmin qilish mumkin. Abu Hanifaning yetuk shogirdi Imom Muhammad ibn Hasandan taʼlim olgan Abu Sulaymon al-Juzjoniydan Bag‘dodda tahsil olgani sababli, al-Bag‘dodiy nisbasi bilan ham atalgani haqida maʼlumotlar bor.

Somoniylar hukmdori Nasr ibn Ahmad davrida (864-892-yillar) Turkistonda bo‘lib o‘tgan jangda vafot etgan. Abu Nasr al-­Iyoziy va Abu Mansur al-Moturidiylar Abu Bakr al-Juzjoniyning eng mashhur shogirdlaridan hisoblanadi. Islomiy ilmlarda yuksak mavqega erishgani eʼti­rof etilgan Abu Bakr al-Juzjoniyning fiqh va kalom ilmlarida vuquf sohibi bo‘lgani naql qilinadi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda Abu Bakr al-Juzjoniyning ko‘plab asarlar yozgani aytilsa-da, ulardan uchtasining nomi zikr qilingan, xolos:

  • „Al-Farq va-t-tamyӣz“;
  • „Kitāb at-tavhӣd“;
  • „Kitāb at-tavba“[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. An-Nasafiy. Tabsira al-adilla. — Damashq: 1990. I, 356-357;
  2. At-Tamimiy. At-Tabaqāt as-saniyya. I, 277-278;
  3. Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. I, 144;
  4. Al-Lakhnaviy. Al-Favāid al-bahiyya. 14, 23;
  5. Metin Yurdagür. „Cûzcânî, Ebû Bekir“. TDV İA. — İstanbul: 1993. VIII, 97.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.