Abu Abdurrahmon as-Sulamiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Husayn ibn Muhammad ibn Muso ibn Xolid ibn Salim ibn Roviya ibn Sa’id Abu Abdurrahmon Azdiy as-Sulamiy an-Naysoburiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 936-yil (hijriy 325-yil)
Vafoti milodiy 1021-yil (hijriy 412-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi soʻfiy

Abu Abdurrahmon as-Sulamiy (arabcha: أبو عبد الرحمن السلمي — Muhammad ibn Husayn ibn Muhammad ibn Muso ibn Xolid ibn Salim ibn Roviya ibn Saʼid Abu Abdurrahmon Azdiy as-Sulamiy an-Naysoburiy) — so‘fiy.

Tasavvuf adabiyotining namoyandasi, mutasavviflarni ilk bor tabaqalarga (davriy tartibda) ajratgan alloma. As-Sulamiy nisbasini ona tomonidan arab qabilasiga tegishli bo‘lgani uchun olgan. Bag‘dod, Ray, Hamadon, Marv va Hijozda bo‘lgan va ko‘plab tasavvuf allomalari haqida maʼlumot to‘plagan. Shamsuddin az-Zahabiy Abu Abdurrahmon as-Sulamiyni tasavvuf ilmining shayxi, so‘fiylar tarixi tabaqotining tavsifchisi sifatida tanitgan. Asarlarining soni yuzdan ortiq, deb taʼriflaydi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Haqāiq at-tafsӣr“;
  • Tabaqāt as-sӯfiyya“;
  • Al-Futuvva“;
  • Manāhij al-’ārifӣn“ va boshqalar.

„Tabaqāt as-sӯfiyya“ asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Abdurrahmon as-Sulamiyning „Tabaqāt as-sӯfiyya“ asa­­ri besh tabaqaga bo‘lingan bo‘lingan.

— birinchi tabaqada Shayx ibn Iyoz, Zunnun al-Misriy, Shayx Bishr al-Hofiy, Abu-l-­Hasan Sariy, Horis Muhosibiy, Shaqiq al-Balxiy, Boyazid al-Bistomiy, Abu Sulaymon ad-Daroniy, Maʼruf al-Karxiy, Hotim al-Asam, Ahmad al-Havoriy, Ahmad ibn Hazravayx, Yahyo ibn Muoz ar-Roziy, Abu Hafs Haddod an-Naysoburiy, Hamdun al-Qassor, Mansur ibn Ammor, Ahmad al-Antokiy, Abdulloh ibn Hubayq al-Antokiy, Abu Turob an-Naxshabiylar haqida;

— ikkinchi tabaqada esa Abu-l-Qosim Junayd, Abu-l-Husayn Nuriy, Abu Usmon Hiriy an-Naysoburiy, Abu Abdulloh ibn al-Jallo, Ruvaym ibn Ahmad al-Bag‘dodiy, Yusuf ar-Roziy, Shoh ibn Shujoʻ Kirmoniy, Samnun ibn Umar Muhib, Usmon al-Makkiy, Abdulloh at-Tustariy, Muhammad ibn Fazl al-Balxiy, Muhammad ibn Ali at-Termiziy, Abu Bakr al-Varroq, Abu Saʼid al-Xarroz, Abu-l-Abbos at-Tusiy, Abu Abdulloh al-Mag‘ribiy, Abu Ali al-Juzjoniy va boshqalar haqida maʼlumotlar, ularning hikmatlaridan namunalar berilgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Imom Abdurrahmon as-Sulamiy. Tabaqoti so‘fiyya. — T.: „Fan“, 2004.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.