Abu Abdulloh an-Navkadakiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Abdulloh Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniy an-Navkadakiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi X asr oxiri
Vafoti XI asr boshi
Dini Islom
Tanilgan sohasi mufassir, muhaddis, roviy

Abu Abdulloh an-Navkadakiy (arabcha: أبو عبد الله النوكدكي — Abu Abdulloh Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniy an-Navkadakiy) — mufassir, muhaddis va roviy.

Abu Abdulloh an-Navkadakiy Navkadak qishlog‘ida tavallud topgan bo‘lsa-da, bu qishloq Ishtixonga qarashli bo‘lgani bois, aksar manbalarda alloma Abu Abdullox al-Ishtixoniy deb ham keltirilgan. Abu Abdulloh an-Navkadakiy dastlabki ilmini Ishtixon shahriga kelib, u yerdagi allomalardan olgan.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik ilm talabida Xuroson va Iroqqa safar qilib, o‘z zamonasining mashhur allomalari Qubaysa ibn Uqba, Badl ibn Muxbar, Valid ibn Muhammad as-Salamiy, Abdulloh ibn Usmon ad-Dabusiy, Abdulloh ibn Xolid al-Marvaziy, qozi Abu Hafs Umar ibn Abu Muqotil al-Fazzoriy as-Samarqandiy va Abu Ahmad al-Hasan ibn Ali as-Sog‘arjiy kabilardan taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan. O‘z o‘rnida Abu Abdulloh an-Navkadakiydan Dovud ibn Amr al-Ishtixoniy, Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Saʼo Bakriy as-Samarqandiy, Abu Ahmad al-Hasan ibn Ali as-Sog‘arjiy va Abu-l-Fazl Abbos ibn Tayyib as-Sog‘arjiy kabi allomalar u kishidan taʼlim olganlar va hadis rivoyat qilganlar.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

As-Sam’oniyning „Al-Ansāb“ asarida Abu Abdulloh an-Navkadakiy „Tafsӣr“ va shu kabi bir qancha kitoblar tasnif etganligi haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan, ammo mazkur asar bizgacha yetib kelmagan[1].

Abiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abu-l-Hasan ash-Shayboniy. Al-Lubāb fӣ tahzӣb al-ansāb. III, 333;
  2. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-fikr“, 1998. XII, 164;
  3. Suyundiq Mustafo. Xatirchilik siymolar. 34;
  4. Y. Isayev, A. Abbasov. Ishtixoniy allomalar. — Samarqand: „Munis design group“, 2016. 74.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.