Abramov muzligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abramov muzligiOlay tizmasining jan. yon bag‘ridagi muzlik. Ko‘ksuv (Kizilsuvning irmog‘i) havzasida. Maydoni 22,8 km², uz. 10 km. Muzlikning to‘yinish havzasi keng muz hosil bo‘lish mintaqasi – sirkdan iborat. Muzlik 4960 m ba-landlikdan boshlanib, muzlik tili 3600 m balandlikkacha tushadi. Abramov muzligining eng qalin joyi 160 – 170 m, o‘rtacha qalinligi 110 m. Muzlik tilining harakat tezligi sutkasiga 20 – 30 sm, lekin har 10–11 yilda bir marta muzlik tilining harakati sutkasiga 2 m ga yetadi. 1972 – 73 yillarda muzlik tilining quyi qismi 625 m ga surilgan.Abramov muzligida 19-asr oxiridan muntazam tadqiqot ishlari olib borilmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abramov muzligi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil