Abdurrahmon ibn al-Horis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Muhammad Abdurrahmon ibn al-Horis ibn Hishom ibn al-Mug‘iyra ibn Abdulloh ibn Umar al-Qurashiy al-Maxzumiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 622-yil (hijriy 1-yil)
Vafoti milodiy 663-664-yil (hijriy 43-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • (otasi)
  • Fotima bint al-Valid (onasi)
Tanilgan sohasi tobeʼin

Abdurrahmon ibn al-Horis (arabcha: عبد الرحمن بن الحارث — Abu Muhammad Abdurrahmon ibn al-Horis ibn Hishom ibn al-Mug‘iyra ibn Abdulloh ibn Umar al-Qurashiy al-Maxzumiy, 1/622,? — 43/663-64, Madina) — tobeʼin.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasining vafotidan keyin onasi Fotima bint al-Valid Umar bilan turmush qurgach, Abdurrahmon ibn al-Horis Umarning himoyasida bo‘ladi. Oldin ismi Ibrohim bo‘lgan, biroq xalifaligi davrida payg‘ambarlar nomi bilan atalganlarning ismini o‘zgartirishni o‘ylagan Umar, uning ismini Abdurrahmonga almashtirgan. Fotima bint al-Valid olimligi va saxiyligi bilan mashhur bo‘lgan. Xalifa Usmonning qiziga uylangan. Jamal voqeasida Oysha tomonida turib jang qilgan. Oysha uni maqtab „Abdurrahmon ibn al-Horisga o‘xshagan o‘nta farzandim bo‘lganida, uyim­da o‘tirib ularni tarbiyalashni hamma narsadan ustun tutgan bo‘lardim“, degan.

Usmon Mushaf nusxalarini ko‘paytirib, turli mintaqalarga tarqatishga qaror qilgach, bu ishni amalga oshirishni Zayd ibn Sobit, Saʼid ibn Os, Abdulloh ibn Zubayr va kuyovi Fotima bint al-Validga topshirgan. Usmon shahid qilinganida Fotima bint al-Valid o‘sha yerda bo‘lgani sababli yaralangan.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umar, Usmon, Abu Hurayra, Oysha, Ummu Salamalar kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa fuqahoi sab’a­dan biri bo‘lgan o‘g‘li Abu Bakr, shuning­dek, Abu Qiloba, Shaʼbiy singari muhaddislar hadis rivoyat qilganlar. Rivoyat qilgan hadislari „Sahӣh al-Buxārӣ“ va to‘rtta buyuk „Sunan“ kitoblarida zikr qilingan. Fotima bint al-Valid Muoviya­ning xalifaligi davrida vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. V, 5-6;
  2. Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: 1360-80/1941-60. V, 272;
  3. Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. II, 426;
  4. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 431-432;
  5. Az-Zahabiy. Si­yar. III, 484-485;
  6. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 394; III, 66.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.