Abdurrahmon ibn al-Asvad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Hafs Abdurrahmon ibn al-Asvad ibn Yazid ibn Qays an-Naxa’iy al-Kufiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 717-yil (hijriy 99-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, tobeʼin

Abdurrahmon ibn al-Asvad (arabcha: عبد الرحمن بن الأسود — Abu Hafs Abdurrahmon ibn al-Asvad ibn Yazid ibn Qays an-Naxaʼiy al-Kufiy,? — 99/717,?) — faqih, tobeʼin.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahli sunna val-jamoa olimlaridan. Xalifa Umar bilan ko‘rishgan. Oysha, Abdulloh ibn Zubayr kabi sahobalardan, amakisi Alqama ibn Qays, shuningdek, otasi Asvad ibn Yazid va boshqa baʼzi tobeʼinlardan hadis o‘rgangan va rivoyat qilgan. Rivoyatlari „Kutubi sitta“ning barchasiga kiritilgan. Shu jihatdan rivoyatlari „Kutubi sitta“ning baʼzilaridan o‘rin olgan bosh­qa ikki Abdurrahmon ibn al-Asvaddan ajralib turadi.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurrahmon ibn al-Asvaddan Abu Ishoq Amr ibn Abdulloh as-Sabiiy, Abu Ishoq ash-Shayboniy va Sulaymon ibn Mihron al-Aʼmash, Ismoil ibn Abu Xolid, Zubayd al-Yomiy, Abdurrahmon al-Mas’udiy va boshqa hadis rivoyat qilganlar. Ahmad ibn Mani’, Yahyo ibn Maʼiyn, an-Nasoiy, Ibn Hibbon kabi buyuk hadis munaqqidlari tomonidan siqa deb eʼtirof qilingan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1371-73/1952-53;
  2. Az-Zahabiy. Siyar. V, 11-12;
  3. İsmail L. Çakan. „Abdurrahman b. Esved“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 161.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.