Abdullo Aslonov
Abdullo Aslonov | |
---|---|
![]() | |
Mansab davri 2020-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Muzaffar Soliyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
8-iyul 1984-yil Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR |
Maʼlumoti | Samarqand davlat chet tillar instituti |
Abdullo Ubaydulloevich Aslonov (tugʻ. 8-iyul 1984-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdullo Aslonov 1984-yil 8-iyulda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2003-yildan 2009-yilgacha Angliyaning uchta nufuzli universitetida tahsil oldi. 2011-yilda bakalavriat, 2014-yilda — Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2010-yilda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyat kengashida toʻgarak rahbari lavozimida ish boshlagan. 2012-yildan 2018-yilgacha „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyati, Navoiy viloyati va Markaziy Kengashi ofislarida rahbar lavozimlarida ishlagan. 2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashining raisi boʻlib ishlagan[1].
2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar ishlari boʻyicha komissiyasining raisi boʻldi. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi[2].
2022-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri o'rinbosari etib tayinlandi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Руководство“. O'zLiDeP. Qaraldi: 31-mart 2021-yil.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 24-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2021-yil.