Abdulla Mamatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulla Mamatov (1937-yil 7-noyabr, Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati – 2014-yil 30-aprel, Qarshi Qashqadaryo viloyati)[1] – oʻzbek geograf olimi, geografiya fanlari nomzodi, dotsent. Oʻzbekiston vohasidagi birinchi geografiya fanlari nomzodi. „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“, „Mehnat faxriysi“ medali sohibi, „O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ koʻkrak nishoni sohibi[2].

Abdulla Mamatov
Fayl:Abdulla Mamatovning xotira kunidan.jpeg
Tavalludi 7-noyabr 1937-yil
Qamashi, Oʻzbekiston
Vafoti 30-aprel 2014-yil(2014-04-30)
(76 yoshda)
Qarshi, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Geograf
Ish joylari Qarshi davlat universiteti
Akademik rahbarlari Y.A.Levin
Mashhur shogirdlari I.Usmonov, I.Toirov, Sh.Xoliqulov, L.Erdonov
Mukofotlari
  1. Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi medali.
  2. Mehnat faxriysi unvoni.
  3. O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi koʻkrak nishoni.

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy-pedagogik faoliyatini Qashqadaryodagi tabiat ajoyibotlarini oʻrganish hamda ularni oʻlkashunoslik va sayyohlik nuqtayi nazaridan baholashga bagʻishlagan olimlardan biri – geografiya fani fidoyisi Abdulla Mamatov Qashqadaryoning goʻzal tumanlaridan biri boʻlgan Qamashi tumanida, soʻlim Qorabogʻ qishlogʻida tugʻiladi. 1946—1956-yillarda tumandagi 3-oʻrta maktabda oʻqiydi. Maktab yillarida boʻlajak olimning tabiatga boʻlgan qiziqishi toboro ortib bordi. Qalbidagi oʻsha tabiatga boʻlgan qiziqishi uni eng zoʻr dorulfununlardan boʻlgan Samarqand davlat universiteti tomon yetaklaydi.


Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Mamatov 1956—1961-yillarda Samarqand Davlat universitetining Geografiya fakultetida tahsil oladi. Universitetni a’lo baholarga bitirgach, oʻzining bolalik chogʻlari oʻtgan Qamashi tumanidagi 2-oʻrta maktabda geografiya fanidan dars bera boshlaydi. A.Mamatov 1963-yilda Alisher Navoiy (hozirgi nomi Sharof Rashidov nomida) nomidagi Samarqand Davlat universitetining aspiraturasiga kirib, 1966-yilda geologiya-minerologiya fanlari nomzodi, dotsent Y.A.Levin rahbarligida „Qashqadaryo chap irmoqlari havzalarining mintaqasida karst“ mavzuda tadqiqot olib bordi. 1968-yilda Ozarboyjon Fanlar Akademyasining geografiya instituti Ilmiy Kengashida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi.

1966-yil oktabr oyida yosh olim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining yoʻllanmasi bilan Qarshi Davlat pedagogika institutiga (hozirgi Qarshi davlat universiteti) ishga yuboriladi. 1966—1967-yillarda ushbu oliy dargohda A.Roʻziyev hamda A.Mamatovlarning fan nomzodi darjasiga ega boʻlgandan keyingina respublika hukumati „Geografiya“ kafedrasi ochishga ruxsat beradi. 1969-yilning 23-iyunida Abdulla Mamatov „Geografiya“ kafedrasiga tanlov yoʻli bilan kafedra mudiri boʻlib saylandi va ushbu vazifani 1978-yilgacha bajaradi.

Hisor tog‘larining ko‘rinishi

M.Yangiboyev, I.Toirov, R.Ahmedov, A.Najimov – tajribali geograflar bilan birga Oʻzbekiston janubida birinchi bor ilmiy metodik markaz – geografiya kafedrasini shakillantirish uchun ishga kirishildi. Abdulla Mamatov sa’yi harakati bilan I.Usmonov, I.Toirov, Sh.Xoliqulov, L.Erdonov kabi kafedra yosh oʻqituvchilari Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa ilm markazlariga aspirantura va stajyor-tadqiqotchi sifatida yuboriladi. Bugungi kunda ular respublikaning Qarshi, Samarqand oliy oʻquv yurtlari professor-dotsent lavozimida kadrlar tayyorlashda samarali ilmiy-pedagogik faoliyat koʻrsatmoqdalar[3].

Qashqadaryo geograflaridan birinchi boʻlib fan nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq boʻlgan olim qator xalqaro va mintaqaviy ilmiy anjumanlarda Janubiy Oʻzbekiston tabiiy geografiyasining dolzarb muammolari boʻyicha chiqishlar qilgan, shuningdek, A.Mamatov Qashqadaryo viloyati pedagog hodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida muntazam ravishda geograf-oʻqituvchilarga ma’ruzlar oʻqib, uzoq yillar davomida maktab oʻqituvchilarining geografiya fani boʻyicha viloyat olimpiadasi hakamlar hay’atiga boshchilik qildi.

Abadulla Mamatovni 2014-yil 30-aprelda bu yorugʻ dunyodan koʻz yumadi.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

A.Mamatov „Qashqadaryo chap irmoqlari havzalarining mintaqasida karst“ mavzuda tadqiqot olib bordi. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida Janubiy Oʻzbekistonning togʻli qismida togʻ jinslarining suvda erishi natijasida yer usti va osti rel’ef shakillarining hosil boʻlish xususiyatlari oʻrganilib, ularning tabiiy geografik, geomorfologik va geologik jihatlari batafsil yoritilgan.

Fayl:Qashqadaro viloyati tog'lari.jpg
Qashqadaryo viloyatidagi tog‘lar.

Nomzodlik ishini karst jarayoni boʻyicha himoya qilgan boʻlsa-da, A.Mamtovning ilmiy faoliyati keng qirrali boʻlib, Janubiy Oʻzbekiston tabiati, tabiiy resurslarini baholash, tabiiy-geografik jarayonlar, Janubiy Oʻzbekiston tabiatini muhofaza qilish  kabi qator yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi.

Ilmiy nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

A.Mamatov 150 ga yaqin ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlari e’lon qilingan. Chop etilgan ilmiy ishlari orasida „Navoiy tasavvurida yurt tabiati va jahon geografiyasi“(2000-yil, hammuallif B.X.Kalonov), „Ommabob geografiya“(2006-yil, hammuallif B.X.Kalonov), „Hisor qoʻriqxonasi Oʻrta Osiyo togʻ tabiatining andozasi“ (2010-yil, hammualliflar S.Abdullayev, B.Xoʻjamqulov) kabi monografiyalar, „Qashqadaryo viloyati geografiyasi“(1994), „Oʻzbekiston Respublikasi geografiyasi oʻquv dasturi (geografiyadan boshqa barcha mutaxasisliklar uchun)“ (1997) kabi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni alohida koʻrsatish mumkin. 2010-yilda Respublika maʼnaviyat nashriyotida „Oʻzbekiston tabiati: Qashqadaryo kitob-albomi“ (tuzuvchi mualliflar: A.Erkayev, A.Mamatov, L.Yoziyev va T.Yoziyev) oʻzbek, rus, ingliz tillarida nashr ettirilgan, ushbu asar xalqaro kitob koʻrgazmalarida (Moskva, Dubay) sovrinli oʻrin olgan. Shuningdek, A.Mamatovning Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi sahifalarida 20 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr qilingan[4].

Mukofatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Mamatov „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“ medali, „Mehnat faxriysi“ unvonlari, „Oʻzbekiston mustaqilligi 10 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gadoyev K., Berdiyeva S. Oʻzbek geografiya fani fidoiylari. – T.: Oʻzbekiston, 2015.

Rasulov M. Oʻrta Osiyo tabiatshunoslik fanlari tarixi. T.: Oʻqituvchi. 1993.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://la.uzbgeo.uz/axborot-va-nashrlar/ (Wayback Machine saytida 2023-08-12 sanasida arxivlangan) Oʻzbekiston geografiya jamiyati 44-jildi
  2. https://la.uzbgeo.uz/axborot-va-nashrlar/ (Wayback Machine saytida 2023-08-12 sanasida arxivlangan) Oʻzbekiston geografiya jamiyati 52-jildi
  3. https://geografiya.uz/tadqiqotlar/10792-abdulla-mamatov.html/ Geografiya.uz veb sayti
  4. Gadoyev, K; Berdiyeva, S. O‘zbek geografiya fani fidoyilari. Toshkent: O‘zbekiston, 16.09.2015 — 225 bet. ISBN 978-9943-28-366-4.