Abdulkarim al-Andaqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu-l-Muzaffar Abdulkarim ibn Abu Hanifa ibn al-Abbos al-Andaqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1009-yil (hijriy 400-yil)
Vafoti milodiy 1088-yil (hijriy 481-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hanafiy faqihi

Abdulkarim al-Andaqiy (arabcha: عبد الكريم الأندقي — Abu-l-Muzaffar Abdulkarim ibn Abu Hanifa ibn al-Abbos al-Andaqiy) — hanafiy faqihi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulkarim al-Andaqiy 1009-yil (hijriy 400-yil)da Andaqda tavallud topgan. Yo‘lboshchi-­imom, fozil, zohid, taqvodor zot bo‘lgan. O‘z davrida kamtarligi va chiroyli siyrati bilan nom chiqargan.

Abdulkarim al-Andaqiy "Shamsul-aimma" („Imomlar quyoshi“) nomi bilan tanilgan Abu Muhammad Abdulaziz al-Halvoniydan taʼlim olib, mohir faqih bo‘lib yetishgan. Abu Tohir Muhammad ibn Ali al-Ismoiliy, Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad al-Muzakkiy, Abu Nasr Ahmad ibn Ali as-Sinniy, Abu Homid Ahmad ibn Muhammad al-Isfahoniylardan hadis ilmini o‘rgangan. O‘z navbatida, olimdan Abu Amr Usmon ibn Ali al-Bikandiy hadis rivoyat qilgan.

Abdulkarim al-Andaqiy haj safariga ketayotib, Bag‘dodda to‘xtab o‘tgan. Manbalarda olimning Bag‘dodda taʼlim berishi haqidagi taklifga rad javobini berib, „Men Buxoroda dars beraman“, deb aytgani naql qilinadi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulkarim al-Andaqiy 1088-yil (hijriy 481-yil)da vafot etgan. Vafot etgan joyi haqidagi maʼlumotlar bizgacha yetib kelmagan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yoqut. Mu’jam. — Misr: „As-Saʼoda“, 1906. I, 347;
  • As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-jinon“, 1988. I, 129, 218;
  • Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. — Karotash: I, 327-328;
  • Y. Isayev, A. Abbosov. Ishtixoniy allomalar. — Samarqand: „Munis design group“, 2016. 73;
  • O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 25-26.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.