Kontent qismiga oʻtish

Abdugʻafur Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdugʻafur Rasulov
Tavalludi 1-iyul 1937-yil
Vafoti 17-sentyabr 2014-yil(2014-09-17)
(77 yoshda)
Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent Davlat universiteti
Kasbi olim, filolog
Millati oʻzbek
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobi

Abdugʻafur Rasulov (1937-yil 1-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR2014-yil 17-sentyabr, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori[1].

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdugʻafur Rasulov 1937-yilning 1-iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1970-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1970—1971-yillarda Toshkent Davlat universiteti talaba va aspirantlar kasaba uyushmasining raisi sifatida faoliyat olib borgan. 1979-yilda Abdugʻafur Rasulov Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan. 1996-yildan boshlab 1998-yilga qadar Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining dekani sifatida faoliyat yuritgan. 2002-yilda „Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi“ mavzusida ilmiy ishni yoqlab, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

2004-yil professor ilmiy unvonini olgan hamda shu yili universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti „Jahon adabiyoti va nazariyasi“ kafedrasi professori sifatida o'z faoliyatini boshlagan. Abdugʻafur Rasulov 2014-yil 17-sentyabrda vafot etgan.

Abdugʻafur Rasulov tanqidchilikda ham chuqur bilimga ega bo'lgan. 1985-yil chop etilgan „Tanqidchilik ufqlari“ kitobidan tortib „Ilmi g‘aribani qo‘msab“ (1998-yil) nomli risolasigacha boʻlgan izlanishlarida tanqidchiligimiz haqida keng yoritib bergan. Sharq adabiyotshunosligidagi talqin ilmi haqida fikr yuritib, tanqidchilikda yangicha yondashuvlarning shakllanishi zaruriyat ekanligini ilmiy asoslab bergan. Olimning „Hozirgi oʻzbek tanqidchiligida tahlil va talqin muammosi“ nomi ostida (2002-yil) nashr etilgan doktorlik tadqiqoti ham tanqidchilik sohasiga doir koʻpgina jihatlarni yoritib bergan. Abdugʻafur Rasulov tanqid nazariyotchisi sifatida eʼtirof etilgan. 2006-yilda domlaning „Tanqid, talqin, baholash“ nomli kitobi nashrdan chiqqan[2].

Asarlari va muharrirligida nashr qilingan kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzbekiston komsomoli mukofoti laurentlari“ – „Yosh gvardiya“ nashriyoti, 1977-yil (L.Qayumov va M.Olimov bilan hammualliflikda).
  • „Yangi zamon – yangi qahramon“ – Gʻafur Gʻulom nomli Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978-yil.
  • „Oʻzbek prozasining kamoli“ – „Oʻzbekiston“ nashriyoti, 1981-yil.
  • „Tanqidchilik ufqlari“ – Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985-yil.
  • „Olim va tarjimon“ – Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985-yil.
  • „Oʻzbek adabiy tanqidchiligi“ – „Oʻqituvchi“ nashriyoti, 1990-yil (N.Xudoyberganov bilan hammualliflikda).
  • „Universitet taʼlimi uchun oʻzbek filologiyasi mutaxassisligi boʻyicha oʻquv dasturlar“ (mas’ul muharrir) – „Universitet“ nashriyoti, 1997-yil.
  • „Oʻzbek adabiyotini oʻqitishning dolzarb muammolari“ (mas’ul muharrir) – „Universitet“ nashriyoti, 1997-yil.
  • „Ilmi gʻaribani qoʻmsab“ – „Maʼnaviyat“ nashriyoti, 1998-yil.
  • „Isteʼdod va eʼtiqod“ – „Sharq“ NMK, 2000-yil.
  • „Ardoqli adib“ – „Sharq“ NMK, 2001-yil.
  • Abdulaziz Muhammadkarimov, „Toshkentnoma“, 1-kitob – „Movarounnahr“ nashriyoti, 2004-yil (mas’ul muharrir).
  • Bahodir Karim, „Yangilanish sogʻinchi“ – „Adabiyot jamgʻarmasi“ nashriyoti, 2004-yil (mas’ul muharrir).
  • Ozod Sharafiddinov, „Dovondagi oʻylar“ – „Maʼnaviyat“ nashriyoti, 2004-yil (mas’ul muharrir).
  • Ozod Sharafiddinov, „Bibliografik koʻrsatkich“ – „Universitet“ nashriyoti, 2005-yil (mas’ul muharrir).
  • Rustam Sharipov, „Jadid adabiyotida yangilanish“, islohot va mustaqillik uchun kurash – 2005-yil (mas’ul muharrir).
  • „Tanqid, talqin, baholash“ – „Fan“ nashriyoti, 2006-yil.

Abdugʻafur Rasulov „Yangi zamon — yangi qahramon“ (1977), „Ozod Sharafiddinov“ (1980), „Tanqidchilik ufqlari“ (1985), „Olim va tarjimon“ (1985), „Ilmi g`aribani qo`msab...“ (1998), „Iste`dod va e`tiqod“ (2000), „Ardoqli adib“ (2001), „Tanqid, talqin, baholash“ (2006), „Sharafli Sharafiddinovlar“ (2006), „Badiiylik — bezavol yangilik“ (2007), „Betakror o`zlik“ kabi kitoblar muallifidir[3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi unvoni bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Abdug‘afur Rasulov. Tilshunoslar sardori edi“. uzpedia.uz. 2023-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
  2. „Rasulov Abdug‘afur“. Arboblar.uz. 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
  3. „Barmoqdagi muhr.Taniqli adabiyotshunos olim Abdug’afur Rasulov bilan suhbat“. kh-davron.uz. 2014-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.