Abay koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abay koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Mahallalar Shayxontohur mahallasi
Oʻrda mahallasi
Xadra mahallasi
Jangoh mahallasi
Jangoh dahasi
Labzak dahasi
Xadra dahasi
Oʻrda dahasi
Uzunligi 970 m
Avtobuslar 17, 29, 35, 43, 100, 123
Yoʻnalishli taksilar 27m, 77, 91m, 113m, 167, 190, 52m, 91m
Kim sharafiga nomlangan Abay Qoʻnonboyev
Kesishgan koʻchalari Zulfiyaxonim koʻchasi
Abdulla Qodiriy koʻchasi
Alisher Navoiy koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Turonbank banki
48-sonli Oilaviy Poliklinika
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi DUK Toshkent viloyati filiali

Koordinatalari: 41°19′31″N 69°15′18″E / 41.32528°N 69.25500°E / 41.32528; 69.25500 G O

Abay koʻchasiOʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan koʻchalaridan biridir. Abay koʻchasi qozoq shoiri Abay Qoʻnonboyev ismi bilan boʻgliq boʻlib nomlangandir. Koʻcha Shayxontohur tumanida joylashgan.

Tarixi va nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchaning nomi qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoiri Abay Qoʻnonboyev ismi bilan nomlangan[1].

2011-yilda Navoiy koʻchasidan boshlanib va Abay koʻchasidan ham oʻtgan mashhur Navoiy bozori "Malikaga" koʻchdi. Bu yerda asosan zamonaviy texnika va telefonlar sotilib borilgan edi. Koʻchgan yerda biroz vaqt oʻtib yangi uylar qurildi va keyinchalik Tashkent City markazi barpo etildi[2].

Abay koʻchasining soʻngida Qozogʻiston elchixonasi va Abay Qoʻnanboyevga haykal joylashgan. Yangi elchixona va haykal yozning 2013-yilida, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev tashrif buyurgan vaqtda ochilgan edi. Davlatlar oʻrtasida yangi elchixonalar qurilishi Qozogʻistonning poytaxti Ostonada 2010-yilda Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev orasida kelishilib olingan edi[3].

18-oktabrning 2019-yilida Lacetti rusmli avtomobil haydovchisi yoʻl harakati politsiyasi inspektorini urib ketdi. Jarohat olgan xodim shifoxonaga yotqizildi[4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abay koʻchasi shimoldan Alisher Navoiy va Bobir Zokirov koʻchasining yakunidan boshlanib Zulfiyaxonim koʻchasigacha choʻziladi. Abay koʻchasidan Abdulla Qodiriy koʻchasi oʻtadi.

Mashhur binolar va inshootlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abay koʻchasi Toshkentning markaziy koʻchalarida joylashgani binoan bu yerda koʻplab bino va inshoatlar joylashgan.

Juft tomondan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turonbank banki
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi DUK Toshkent viloyat filiali

Toq tomondan[tahrir | manbasini tahrirlash]

48-sonli Oilaviy Poliklinika Salvia restorani

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Auezov M.O., Abay Kunanbayev. Stati i issledovaniya, Alma-Ata, 1967
  2. „Навоийская ярмарка переезжает“. Gazeta.uz. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  3. „Gazeta.uz“. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  4. „Gazeta.uz“. Qaraldi: 2022-yil 26-may.