Abay Qoʻnonboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻnonboyev Abay (Ibrohim), Abay [1845.10.8, Yettisuv viloyati Chingiztog (hozirgi Abay) tumani — 1904.6.7] — qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoir. yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida tahsil olgan. Sharq mumtoz adabiyotining Firdavsiy, Saʼdiy, Navoiy, Fuzuliy singari namoyandalari asarlarini oʻrgangan. Bu shoirlarning asarlaridagi dunyoviy gʻoyalar taʼsirida xalqni maʼrifatga undovchi sheʼrlar yoza boshlagan. q. dunyoqara-shining shakllanishida Sharq mumtoz shoirlari bilan birga Yettisuvga surgun qilingan rus demokratlari va ular orqali Krilov, Pushkin, Lermontov, Tolstoy asarlari bilan tani-shish muhim omil boʻlgan. Uning fik-richa, koʻchmanchilik sharoitida yashab kelayotgan va shu tufayli urugʻurugʻlarga boʻlinib ketgan qozoq xalqi men-talitetidagi ayrim qusurlarni bartaraf etmay turib, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu maqsadda maʼrifat va madaniyatni targʻib etuvchi, yaxshi in-soniy fazilatlarni tarbiyalovchi di-daktik yoʻnalishdagi asarlar yozishga katta eʼtibor bergan. U qozoq xalqini maʼrifatga, madaniyatga, insoniylikka undovchi 44 ta katta-kichik lavhalardan iborat "Naqliya soʻzlar" falsafiy hikoyasini yozgan.

Q Chernishevskiy va Dobrolyubov singari rus demokratlarining gʻoyalari, Arastu, Suqrot, Aflotun, hatto Gegelning falsafiy-didaktik qarashlari bilan ham tanishgan. Uning 200 dan ziyod sheʼr va 4 dostondan iborat adabiy merosida bu siymolar taʼsi-rida yozilgan asarlar oz emas q. "Is-kandar" dostonida makedoniyalik Aleksandr obraziga murojaat etib, "Ajralganni boʻri yer" degan hikmatni tarqoq holda yashab kelayotgan vatandoshlari shuuriga quymoqchi boʻlgan.

Q.ning adabiy merosida "Masʼud", "Azim rivoyati", "Vadim" singari dostonlar ham alohida oʻrin egallaydi. Q. Shaxsan oʻzi sheʼriy ijod bilan shugʻullanibgina qolmay, farzandlarini ham adabiyot olamiga olib kirdi. Ulardan biri — Magʻaviyaga "Mengʻat Qosim", Oqilboyga esa "Qissai Yusuf" dostonlarining syujetini "sovgʻa qilib", shu asarlarning yozilishiga sababchi boʻlgan. q. ayni vaqtda doʻmbira chertib, oʻz sheʼrlariga kuylar ham bastalagan.

M.Avezov oʻz ijodiy umrining kattagina qismini Q.ning hayoti va ijo-diy faoliyatini oʻrganishga sarflab, u haqda koʻp jildli "Abay yoʻli" epopeyasini yaratgan. Q.ning aksar asarlari oʻzbek tiliga Mirtemir va boshqa shoir, yozuvchilar tomonidan oʻgirilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Tanlangan asarlar, T, 1961;
  • Tanlangan asarlar, T, 1995.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Auezov M.O., Abay Kunanbayev. Stati i issledovaniya, Alma-Ata, 1967.